MURASHKIN MIXAIL FEDOROVICH
 kichik leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)

 1914-yil 23-noyabrda Ruchevo qishlog’ida (hozirgi – Oltoy o‘lkasining Kuryinskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning 7-sinfini tugatgandan so‘ng, Termiz temir yo‘lida ishlagan. 1942-yilda Murashkin Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. O‘sha yilning sentabr oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Janglarda ikki marta jiddiy yaralangan. 1943-yilda Murashkin Chirchiq tankchilar maktabini tugatgan.
1944-yil oktabrga qadar kichik leytenant Mixail Murashkin 1-Boltiq fronti
2-gvardiya armiyasi 1-tank korpusi 117-tank brigadasida vzvodi komandiri bo‘lgan. Litva SSR hududidagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil
6-oktabrda Kelme qishlog‘i yaqinidagi jangda dushmanning bir nechta tanklarini va artilleriyasini yakson qiladi, o‘zi yaralanadi, lekin jangni davom ettiradi.
Ayniqsa Kelme shahridagi hujumda, kapitan Zaxarchenko boshchiligidagi 117-tank brigadasining 3-bataloni dadil harakat qiladi. Kichik leytenant M.F.Murashkin boshchiligida yuborilgan tank vzvodi to‘satdan hujum qilib, shturm orudiyasini, ikkita to‘pni va elliktacha fashistni yakson qiladi.
Yo‘lni tozalab, Murashkin uchta tankini dushman mudofaasining orqa tomoniga yo’naltiradi. Bu dushmanda vahima uyg‘otadi. Dushmanlarni uchta batareyasi artilleriyachilari o‘z orudiyalarini tashlab qochishga majbur bo‘ladi. O‘z tanklariga yo‘l ochib beradi.
Murashkin jangovar mashinalarini natsistlar joylashgan Pokalnyek qishlog‘iga olib boradi. U erga bostirib kirishadi, lekin kuch jihatdan ustun bo‘lgan dushman bilan jangda ikkita tank yo‘qotiladi. Bu fashistlarga qimmatga tushadi. Yarador komandir, 4ta orudiya va bir necha o‘nlab fashistlarni yo‘q qiladi; katta leytenant A.P.Plugar va batalyonning qolgan qismi yetib kelgunicha jangni davom ettiradi. Mixail Fedorovich Murashkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga loyiq deb topiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko’rsatgan jasorati va qahramonligi” uchun kichik leytenant Mixail Murashkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1977-yil 6-iyulda vafot etagan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

QIZIL YULDUZ" ORDENI