LUCHINSKY ALEKSANDR ALEKSANDROVICH

general-leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.04.1945)

1900-yil 23-martda Kiyevda Rossiya imperatorlik armiyasi ofitserining oilasida tug‘ilgan. 1912-yildan Volskiy kadet korpusida o‘qigan va 7-sinfni tugatgan. Biroq, 1918-yilda kadetlar korpusi tugatilgan. 1918-yildan Saratov universitetida o‘qigan va Saratovdagi iste’molchilar uyushmasining omborida ishlagan. 1919-yil mayda Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1941-yil avgustda Luchinsky qo‘mondonligi ostidagi bo‘linma Eron operatsiyasida qatnashgan. Ashxabod hududidan harakatlanib diviziya Mashhad shahrini egallab olgan va Sharqiy Eron 8-diviziyasini to‘liq qurolsizlantirgan. 1942-yil noyabrda, o‘sha bo‘linmaga bosh bo‘lib Kavkazorti frontiga kelgan. Shu tarkibda va Shimoliy Kavkaz frontlari tarkibida Kavkaz uchun kurashning mudofaa va hujum bosqichlarida qatnashgan.
1942-yilning kuzida 18-armiya tarkibida Tuaps mudofaa operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatadi va 1943-yil boshida 56-armiya tarkibida Krasnodar yo‘nalishiga muvaffaqiyatli hujum amalga oshirgan. 1943-yilning yanvar-fevral oylarida diviziya jangchilari tomonidan 4000 ga yaqin nemis va ruminiyalik askarlar yo‘q qilgan, 200 ga yaqin dushman askarlari asirga olingan.
1943-yil 6-martdan boshlab Shimoliy Kavkaz frontida 32-gvardiya o‘qchi diviziyasiga qo‘mondonlik qilgan, ammo ikki hafta o‘tgach, 21-martda 21-o‘qchi korpusining komandiri etib tayinlangan. 1943-yil 25-aprelda Shimoliy Kavkaz fronti va alohida Primorskiy armiyasi tarkibida muvaffaqiyatli harbiy operatsiyalarni olib borgan 3-tog‘-o‘qchi korpusining qo‘mondoni etib tayinlangan. A.A.Luchinskiy boshchiligidagi korpus qo‘shinlari Novorossiysk-Taman operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatadi va 1944-yil aprel oyida Qrimdagi operatsiyada Yalta shahrini ozod qilgan va Sevastopolni shturm qilishda qatnashgan.
1944-yil 10-martda Kerch platsdarmida yaralangan, 17-aprelgacha gospitalda davolangan. Davolanishdan qaytib yana 3-tog‘-o‘qchi korpusi qo‘mondonligini qabul qilgan. 1944-yil may oyidan boshlab general-leytenant A.A.Luchinskiy 1-Belorussiya va 1944-yil sentabrdan boshlab 3-Belorussiya fronti tarkibidagi 28-armiyani boshqargan. Armiya qo‘shinlari Belorussiya, Gumbinnen-Goldap, Sharqiy Prussiya operatsiyalarida jonbozlik ko‘rsatadi va Koenigsbergdan janubi-g‘arbda nemis qo‘shinlari guruhini yo‘q qilishni amalga oshirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 19 apreldagi Farmoni bilan “Sharqiy Prussiya operatsiyasida qo‘shinlarni mohirlik boshqarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, general-leytenant Aleksandr Aleksandrovich Luchinskiy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Berlin hujum operatsiyasida 28-armiya 1-Ukraina fronti tarkibida (1945-yil 20-apreldan) dushmanning Berlin jangovar guruhlarini qurshovga olish va Berlindan janubi-sharqda yakson qilishda, keyin Praga operatsiyasida qatnashgan.
Urushdan keyin shu armiya qo‘mondonlikni davom ettirgan. 1990-yil 25-dekabrda Moskvada vafot etgan. Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"1-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI