KANARYOV VIKTOR PAVLOVICH
 general-leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944)

1907-yil 10-martda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1925-yilda maktabning 9-sinfini tugatgan, Farg‘ona viloyati yer boshqarmasida ishlagan.
1927-yilning aprel oyida Kanaryov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida HHK flotining aviatsiya razvedkasi polki komandiri lavozimida qatnashgan.
Uning boshchiligida polk Odessa, Sevastopol, Novorossiysk shaharlari himoyasida qatnashgan. Bundan tashqari, polk Qora dengiz ustidan doimiy ravishda nemis va ruminiya kemalarini razvedka ishlarini olib borgan va dushman dengiz harbiy-omborlariga hujum qilgan. Polk komandiri sifatida 57 marotaba jangovar uchishini amalga oshirgan.
1942-yilning avgust oyidan boshlab, gvardiya podpolkovnigi Viktor Kanaryov Qora dengiz floti havo kuchlarining 1-mina-torpeda aviadiviziyasi 5-gvardiya mina-torpeda avaipolkiga komandir bo‘lgan. Uning qo‘mondonligi ostida polk ko‘plab vazifalarni bajargan, dushmanning yuk tashuvchi kemalariga qarshi jang qilgan, 1943-yilda Kerch bo‘g‘oziga va Qrimdagi nemis harbiy-dengiz bazalarini va harbiy obyektlarini bombardimon qilgan, Qrimdagi partizanlar bilan havo aloqasini ushlab turgan. 1943-yilning avgustiga kelib V.P. Kanaryov shaxsan o‘zi MBR-2 va Il-4 samolyotlarida 74 marotaba jangovar uchishni amalga oshigan (shundan 61tasi tunda). Uning polki 8ta transport, 1ta suv osti kemasi, 1ta tanker, 8ta barjalar va qayiqlar, 24 ta dushman samolyotlarini yakson qilgan.
1944-yilda Kanaryov, Voroshilov nomidagi Harbiy-dengiz akademiyasida havo kuchlari va havo mudofaasi ofitserlar akademik kurslarini tugatgan. Shu yilning aprel oyidan Qora dengiz flotining Harbiy-havo kuchlari 2-gvardiya mina-torpedo aviadiviziyasiga boshchilik qilgan. Uning qo‘mondonligi ostidagi diviziya Qrim va Yassko-Kishinevning hujum operatsiyalarida faol qatnashgan (1944-yil avgustida Konstansiyadagi ruminiyaning bosh harbiy bazasiga ommaviy havo hujumini amalga oshirgan). 1944-yil 5-noyabrda gvardiya polkovnigi V.P.Kanaryovga aviatsiya general-mayori unvoni berlgan.
Diviziya, Qrim uchun va nemislarning Qrim va Ruminiya o‘rtasidagi aloqalarini yo‘q qilishga qaratilgan janglarda qatnashib, 401 marotaba jangovar uchishni amalga oshirgan. 19 ta transport vositasi, 5 ta tezyurar desant barjasi, 1 ta shatakchi qayiq, 1 ta patrul kemasi, 1 ta qayiq, 3 ta katerlar cho‘ktirib yuborilgan.
7 ta transport vositasi, 2 ta BDB va 4 ta qayiqlarga shikast yetkazilgan. 7 ta nemis samolyotlari urib tushirilgan. Janglarda diviziya 15 ta Il-4 samolyotlarini va “Boston” ni qo‘ldan boy berildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya podpolkovnigi Viktor Kanaryov Sovet Ittifoqi Qahramoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-darajali Ushakov" ordeni

"Sevastopol mudofaasi uchun" medali

"Kavkaz mudofaasi uchun" medali