DRYOMIN DMITRIY FEOKTISTOVICH

general-mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.10.1943)

1896-yil 15-martda, hozirgi Orenburg viloyatining Kurmanayevskiy tumanidagi Kretovka qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgan. 1912-yilda ota-onasi bilan hozirgi Oltoy o‘lkasi Biysk shahriga ko‘chib keladi. Oltoy temiryo‘li qurilishida ishlagan.
1937-yilda Moskvadagi “Vistrel” qo‘mondonlik kurslarini tugatgan.1937-yil dekabrdan Tbilisidagi batalyon komandiri va 1938-yil oktyabrdan – 1-chi Krasnodar harbiy piyoda maktablarida xizmat qilgan.
1941-yil avgustda Uryupinskiy piyoda bilim yurti boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.
1941-yil 24-noyabrda Donbassda mudofaada turgan 11-chi o‘qchi brigadasi komandiri bo‘lgan. 1942-yil aprelda Tambovda shu brigade asosida 107-o‘qchi diviziyasi tuzilib, unga komandir etib tayinlanadi. Diviziya Voronej-Voroshilovgrad operatsiyasida ishtirok etadi. Voronej va Don daryolari orasidagi dushman platsdarmini yo‘q qilish buyrug‘ini bajarmaganligi uchun 1942-yilning 29-noyabrida diviziya komandirligi lavozimidan chetlashtiriladi.
1942-yil dekabrda Voronej frontining Harbiy kengashi ixtiyoriga kelgach 309-chi otliq diviziyasi komandirining o‘rinbosari bo‘lgan. 1943-yil fevral oyida yaralanadi va bir oy davomida harbiy gospitalda davolanadi. 1943-yil 2-martda 309-o‘qchi diviziyasi komandiri etib tayinlanadi.
5-iyul kuni diviziya 1-chi tank armiyasiga ko‘mak berish uchun Oboyan hududidagi Kursk bulg‘isiga tashlanadi va 9-iyul kuni Melovoe do‘mliklari – Malinovoe hududida janubiy bosqich jangiga kirishadi. 12-iyul kuni diviziya Oboyan-Belgorod avtomagistrali bo‘ylab qarshi hujumga o‘tadi.
1943-yil 15-sentabrda “general-mayor” harbiy unvoni berilgan. 13-18-sentabr kunlari diviziya Lokvitsa va Piryatin shaharlarini ozod qilishda ishtirok etadi, shu sabab diviziyaga “Piryatinskaya” faxriy nomi beriladi.
22-24-sentabrda 309-chi o‘qchi diviziyasi Dneprga birinchi bo‘lib yetib boradi va Baliko-Shuchinka qishlog‘I hududidan (Kagarlik tumani, Kiyev viloyati) daryoni kechib o‘tib, egallangan platsdarmga mustahkam joylashib oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 23-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, general-mayor Dryomin Dmitriy Feoktistovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1951-yil fevral oyida kasalligi tufayli zaxiraga bo‘shatiladi. Toshkent shahrida yashagan va mehnat qilgan. 1953-yil 12-dekabrda vafot etgan va Botkina qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI