ZUBKOV IVAN SIDOROVICH
podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.09.1944)

1914-yil 15-sentabrda Zaxarovschina qishlog‘ida (hozirgi Ukrainaning Sumi viloyati Lebedinskiy tumani Galushki qishlog‘i) tug‘ilgan. Maktabning yettinchi sinfini tugatgach, Abxaz ASSR Tkvarcheli shahridagi davlat elektr stansiyasining qurilishida ishlagan. 1936-yil oktabr oyida Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1939-yilda Gorkiy nomidagi harbiy siyosiy bilim yurtini tamomlagan. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Bryansk, Voronej va 1-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan, uch marotaba yaralangan.
1944-yil avgust oyida mayor Ivan Zubkov 1-Ukraina fronti 3-gvardiya tankchilar armiyasi 6-gvardiya tankchilar korpusi 51-gvardiya tankchilar brigadasida motoo‘qchi batal’onga komandirlik qilgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 31-iyuldan 1-avgustga o‘tar kechasi uning boshqaruvidagi batal’on Baranuv-Sandomirsk shahri yaqinidagi Visla daryosidan kechib o‘tib, tunda g‘arb tomonga 14 kilometr harakatlanadi. 1944-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan janglarda batal’on 5 ta dushman tankini, 4 ta zirhli transport vositasini, 2 ta minomyot batareyasini, bir necha yuzlab dushman askar va ofitserlarni yakson qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 23-sentabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Ivan Sidorovich Zubkov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Cherkas viloyati Katerinopol qishlog‘ida yashagan, 1992-yil 12-yanvarda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"Aleksandr Nevskiyning" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"Faxr belgisi" MEDALI