YOQUBOV G’ULOM
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)
1915-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Asaka tumanidagi Mirzaobod qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 6 sinfni tugatgan. Kuybishev kolxozida ishlagan.
1937-1939 yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Harbiy xizmatdan so‘ng, «Savay» sovxoz direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
1941-yilda u yana armiyaga chaqirilgan. Shu yili qo‘mondonlik tarkibining malaka oshirish kurslarini tugatadi. 1942-yil sentabr oyida 169-piyodalar diviziyasi 556-piyodalar polkiga kelgan va o‘qchilar rotasining vzvod komandiri etib tayinlangan. 1944-yil yoziga kelib kapitan Yoqubov 556-piyodalar polkining o‘qchi rotasini boshqargan. Belorusiyani ozod qilishdagi janglarda jonbozlik ko‘rsatadi.
1944-yil 24-iyunga o‘tar kechasi kapitan Yoqubovning o‘qchilar rotasi Ludchitsy qishlog‘i hududida (Mogilev viloyati Bixovskiy tumani), 150,9 balandlikda, dushman mudofaasini yorib ichkarigacha kirib boradi. Bu polkning qolgan kuchlari boshqa hududdan yorib kirishi uchun chalg‘ituvchi zarba edi.
Polkning boshqa bo‘linmalaridan ajralib qolgan kapitan Yoqubov mudofaani tashkillashtiradi. 20 soat davom etgan jangda, katta yo‘qotishlarga qaramay, rota o‘zidan kuch jixatdan ustun bo‘lgan dushman kuchlarining 40 dan ortiq hujumlarini qaytarib, polkning jangovar topshirig‘ini bajarishda va o‘zi egallab turgan marrani saqlab qoladi. Shu jangda kapitan Yoqubov halok bo‘ladi. Ludchitsy qishlog‘i yaqinidagi jang maydonida dafn qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Yoqubov Gulyam Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.