YEFREMOV VASILIY VASILEVICH

kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (05.05.1942)

 

1914-yil 1-martda Orenburgda tug’ilgan. U bolaligida O’shda yashagan, so’ng Toshkentga ko’chib kelgan. Zavodda ishlagan va Toshkent sanoat ishchilar universitetining ikki bosqichini tamomlagan. 1936-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1938-yilda Orenburg harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tugatgan. Sovet-Fin urushida qatnashgan, 140 ta jangovar parvozni amalga oshirib, o’z bayonotiga ko’ra 7 ta Fin samolyotini urib tushirgan, dushman katta o’q-dorilar omborini aniqlagan va yo’q qilishda qatnashgan. 1941-yil iyundan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. Kalinin frontidagi janglarda ishtirok etgan.
1942-yil mart oyiga qadar kapitan Vasiliy Yefremov Kalinin frontining 5-gvardiya qiruvchi aviatsiya polki eskadrilya komandirining o’rinbosari bo‘lgan. 1942-yil martda Yefremov boshchiligidagi beshta jangovar samolyotlar kuch jihatdan ustun dushman bilan jangga kirishadi. O’sha jangda shaxsan ikkita nemis samolyotini urib tushirgan.
O‘zining jangovar faoliyati davomida Yefremov jami 401 ta jangovar parvozni amalga oshirib, 120 ta havo jangida qatnashgan va shaxsan o’zi dushmanning 7 ta samolyotini urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1942-yil 5-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Vasiliy Vasilevich Yefremovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2002-yil 28-oktabrda vafot etgan va Moskvadagi Vagankovskiy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI - 3 MAROTABA

"QIZIL BAYROQ" ORDENI, 5 MAROTABA

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

«JASORATI UCHUN» MEDALI

«JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN» MEDALI

«1941-1945 YILLARDAGI ULUG‘ VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDA QOZONILGAN G‘ALABA UCHUN» MEDALI

«1941-1945 YILLARDAGI ULUG‘ VATAN URUSHI G‘ALABASINING 20 YILLIGI» MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

«1941-1945 YILLARDAGI ULUG‘ VATAN URUSHI G‘ALABASINING 50 YILLIGI» YUBILEY MEDALI

«YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABASI UCHUN» MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 20 YIL" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 30 YIL" MEDALI​

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 40 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 70 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«MOSKVANING 800 YILLIGI XOTIRASI UCHUN» MEDALI, 1147 - 1947

«JUKOV» MEDALI