YEFREMOV VASILIY VASILEVICH
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (05.05.1942)
1914-yil 1-martda Orenburgda tug’ilgan. U bolaligida O’shda yashagan, so’ng Toshkentga ko’chib kelgan. Zavodda ishlagan va Toshkent sanoat ishchilar universitetining ikki bosqichini tamomlagan. 1936-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1938-yilda Orenburg harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tugatgan. Sovet-Fin urushida qatnashgan, 140 ta jangovar parvozni amalga oshirib, o’z bayonotiga ko’ra 7 ta Fin samolyotini urib tushirgan, dushman katta o’q-dorilar omborini aniqlagan va yo’q qilishda qatnashgan. 1941-yil iyundan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. Kalinin frontidagi janglarda ishtirok etgan.
1942-yil mart oyiga qadar kapitan Vasiliy Yefremov Kalinin frontining 5-gvardiya qiruvchi aviatsiya polki eskadrilya komandirining o’rinbosari bo‘lgan. 1942-yil martda Yefremov boshchiligidagi beshta jangovar samolyotlar kuch jihatdan ustun dushman bilan jangga kirishadi. O’sha jangda shaxsan ikkita nemis samolyotini urib tushirgan.
O‘zining jangovar faoliyati davomida Yefremov jami 401 ta jangovar parvozni amalga oshirib, 120 ta havo jangida qatnashgan va shaxsan o’zi dushmanning 7 ta samolyotini urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1942-yil 5-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Vasiliy Vasilevich Yefremovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2002-yil 28-oktabrda vafot etgan va Moskvadagi Vagankovskiy qabristoniga dafn qilingan.