VASHKEVICH ALEKSANDR ALEKSANDROVICH

 podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)

    1901-yilning 24-avgustida Belovej qishlog‘ida, hozirgi Polshaning Belastok tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan. Belaruss. Bug‘ tegirmonida ishlagan.

    1919-yilda O‘zbekiston SSRning Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Fuqarolar urushi qatnashchisi. 1920-yilda pulemyot, 1925-yilda esa harbiy piyodalar maktabini tugatgan. 1943-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Podpolkovnik Aleksandr Vashkevich boshchiligidagi (Sahro fronti 7 gvardiya armiyasi 213-o‘qchi diviziyasi) 739- o‘qchi polki 1943-yilning 27-sentabr kuniga o‘tar kechasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Verxedneprovskiy tumani, Dneprovokamenka qishlog‘i yaqinidagi Dnepr daryosidan kechib o‘tdi, hamda talofotlarsiz platsdarmnini egallaydi, so‘ngra muvaffaqiyatli hujumga o‘tdi.

    SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yilning 26-oktabridagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun” podpolkovnik Aleksandr Aleksandrovich Vashkevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

    Keyinchalik, 1944-yilning 23-iyuligacha polkovnik A.A. Vashkevich 232-Sumsko-Kiyev o‘qchi diviziyasining 797-o‘qchi polkini boshqargan, so‘ngra general-mayor A.Vashkevich esa Polsha armiyasining 5-piyoda diviziyasi komandiri bo‘lgan.

    Jasur harbiy qo‘mondon A.A.Vashkevich fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alaba kunidan bir necha kun oldin, 1945-yilning 22-aprelida jangda jasurlarcha halok bo‘lgan. U Polshaning poytaxti – Varshava shahriga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI (2 marotaba)

"QIZIL BAYROQ" ORDENI (2 marotaba)

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"MOSKVA MUDOFAASI UCHUN MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI