VAKSMAN ISAAK FEDOROVICH

 katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.02.1944).

     1922-yil 25-iyulda Krasnopoliye qishlog‘ida (xozirgi Belarussiyaning Mogilev viloyati) xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Yahudiy.

     O‘rta maktabni tugatgan. 1938-1940 yillarda o‘qituvchi bo‘lib ishladi, shu bilan birga Dnepropetrovsk transport institutida sirtdan o‘qidi.

     1941-yilda O‘zbekiston SSR Buxoro shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1942-yilda kichik leytenant kursini tugatgan. 1942-yil oktabrdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

     45 mm to‘pli batareya komandiri, katta leytenant Vaksman 1943-yil kuzida Dneprdan kechib o‘tish paytida bo‘lib o‘tgan janglarda jonbozlik ko‘rsatdi. 1943-yil 26-noyabrda Kanevskoye qishlog‘ida (Ukrainaning Zaporojiya viloyati Zaporojiya tumani) katta leytenant Vaksman, o‘z batareyasini o‘ng qirg‘oqqa mohirlik bilan kechib o‘tishini tashkillashtirdi. Muhim platsdarm uchun bo‘lgan janglarda batareya o‘qchi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda, piyodalarga yo‘l ochishdi.

     Dushmanning qarshi hujumlarini qaytarish chog‘ida artilleriyachilar 15 ta pulemyot, tank, ikkita transport vositasi, yuzdan ortiq nemis askarlari va ofitserlarini yo‘q qilishdi.

    Katta leytenant Vaksman 1943-yil 19-dekabrda jangda halok bo‘ldi.

   U Zaporojiya viloyati, Zaporojiya tumani, Razumovka qishlog‘idagi birodarlik qabristoniga dafn etilgan.

   SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Vaksman Isaak Fedorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI
"LENIN" ORDENI
"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI
"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI
"QIZIL YULDUZ" ORDENI
HUJJATLAR