UMRDINOV MUHIDDIN

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (04.06.1944)

1912-yil 10-aprelda (hozirgi Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi) Bog‘iston qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 10-sinfni va maxsus maktabni tamomlagan. Dog‘iston ASSRning Derbent shahrida o‘t o‘chirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Qizil Armiya safiga 1937-1939 yillarda va takroran 1942-yil yanvarda chaqirilgan. 1942-yil yanvar oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1022-o‘qchi polki (Bryansk frontining 3-armiyasi 269-o‘qchi diviziyasi) vzvod komandirning yordamchisi katta serjant M.Umrdinov, Orlov hujum jangida jasorat va qahramonlik ko‘rsatadi. 1943-yil 4-avgustda Oryel viloyatining chekkasida joylashgan Plesheyevo qishlog‘i yaqinidagi jangda birinchi bo‘lib, o‘z vzvodini hujumga boshlaydi. Qo‘l jangida vzvod 20 ta fashistni qirib tashlaydi. Qisqa qo‘l jangidan so‘ng dushman xandaqlarini tashlab qochadi.
1944-yil yanvardagi jangda jiddiy jarohat oladi va 1945-yilda gospitalda uzoq vaqt davolanishdan so‘ng, nogironligi tufayli zahiraga bo‘shatiladi. Urushdagi ikki yillik janglari davomida 200 dan ortiq fashistlarni yo‘q qilgan va 6 tasini asirga olgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yilning 4 iyunuda Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Umrdinov Muxitddin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1981-yil 21-mayda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

“MEHNAT FAXRIYSI” MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 20 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 30 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGI» YUBILEY MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI