UMAROV SOLIX XUSANOVICH

kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)

    1921-yil 2 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek. 1938-yilda Toshkent pedagogika bilim yurtini tamomlagan. O‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
    1940-yil yanvardan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1941-yilda Ashxoboddagi kichik leytenantlar kurslarini tamomlagan. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
    1-Belorussiya fronti 47-armiyasi 76-o‘qchilar diviziyasi 80-artilleriya polkining 1-batareyasi komandiri kapitan Umarov Berlin jangida jonbozlik ko‘rsatadi. 1945-yil 2 mayda Umarovning batareyasiga Vilgelmshtadt magistrali -Deberins lagerini egallash va dushmanni bu yo‘ldan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi topshiriladi. Magistral yo‘lga batareyani joylashtirib, yo‘lni to‘sib qo‘yadi va to‘plarning o‘zaro jipsligini mohirona tashkillashtiradi. Dushmanning 4000 nafarga yaqin kolonnasi, mayda bo‘linmalarga bo‘linib, kun davomida 11 marotaba hujum amalga oshiradi, biroq, barcha hujumlar artilleriya tomonidan muvaffaqiyatli qaytariladi. 200 ga yaqin askar va ofitserlar, bitta tank, 4 ta zirhli transport vositasi va 6 ta o‘q-dori yuklangan mashina yo‘q qilindi. Dushmanning 175 nafar askar va ofitserlari asirga olindi.
    SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Solix Xusanovich Umarov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
    Toshkentda yashagan. 1995-yil 22-dekabrda vafot etdi va Toshkentda Shayx Zaynuddin qabristoniga dafn qilindi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI