TYULGA ALEXEY NIKOLAEVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.09.1944)

 1922-yil 12-mayda hozirgi Mogilev viloyati Krasnopolskiy tumanidagi Klyasino qishlog‘ida tug‘ilgan. Belarus. 8-sinfni tugatgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan bosib olingan hududda qolishga majbur bo‘lgan. Bir yildan ko‘proq partisan otryadi tarkibida nemislarga qarshi jang qilgan. 1943-yildan Qizil Armiya safida. O‘sha yilning may oyidan Belorusiya va 1-Ukraina frontlarida 197-o‘qchi diviziyasi 889-o‘qchi polkida razvedkachi sifatida jang qilgan.
1944-yil 29-iyul kuni tunda 3 ta jangchilar tarkibida Dorotka qishlog‘I yaqinida Visla daryosini kechib o‘tadi, dushman mudofaasini o‘rganadi va “til” ni asir olib qaytadi. Dushmanning qarshi hujumlarini qaytarishda ishtirok etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 23-sentabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Alexey Nikolaevich Tyulga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1949-yilda Tyulga kichik leytenant unvoni bilan zahiraga bo‘shatilgan. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashagan. 1953-yil 17-noyabrda vafot etgan. Belgradning markazida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI