TRAYNIN PYOTR AFANASEVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)

1909-yil 18-iyunda Aleksandrovka qishlog‘ida (hozirgi Voronej viloyati Talov tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan, Millati rus. 1926-1930 yillarda Aleksandrovka qishlog‘ida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan. 1931-1938 yillarda Kirov nomidagi suv kanali (O‘zbekiston) qurilishida traktor haydovchisi va O‘zbekistonning Samarqand viloyatidagi G‘alla-Orol g‘alla fermasining bo‘linmlarida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
1941-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yil sentabr oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Frontga 32 yoshida BT-7 tank haydovchisi sifatida ketgan, keyinchalik Valentayin tankida haydovchisi bo‘lgan.
Pyotr Afanasevichning asosiy harbiy yo‘li 1941-yil noyabr oyida Solnechnogorsk yaqinidagi 27-zirhli diviziyasida, Moskva uchun bo‘lgan jangda boshlangan. Tank brigadasi tarkibida Kursk jangi va Pragani ozod qilishda qatnashgan.
1942-yilda og‘ir yaralangan Pyotr Afanasevich shifoxonada davolanib chiqqanidan so‘ng, jangovar yo‘lini T-34 tankida davom ettiradi.
1943-yil 3-oktabrda Pyotr Traynin Kiev viloyatining Chernobil tumani Ukrainaning Straxolesie qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda Dnepr daryosidagi minalashtirilgan ko‘prikdan T-34 tankida birinchi bo‘lib o‘tadi va dushmanning uchta tankka qarshi to‘pi, to’rtta minomyot va beshta o‘q otish nuqtasini yanchib tashlaydi. 5 oktabrga o‘tar kechasi shiddatli jangda ekipajdan bir o‘zi tirik qoladi, lekin jang qilishda davom etadi va dushmanning qarshi hujumini qaytaradi. Berlindagi va Pragadagi janglarda qatnashgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Pyotr Afanasevich Traynin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U 1978-yil 9-avgustda vafot etib, Belgoroddagi Markaziy qabristonga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

«PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI