TOMILOVSKIY GEORGIY SERGEYEVICH

gvardiya polkovnigi, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.16.1943)

1913-yil 3-iyulda Minskda tug‘ilgan, Minsk shahridagi o‘rta maktabda va Belorus SSRning Gomel shahridagi FZU maktabida o‘qigan, O‘zbekiston SSR temir yo‘lining yog’ochga ishlov berish zavodida ishlagan.
Qizil Armiyada 1931 yil oktabrdan. 1934-yilda M.I.Kalinin nomidagi Birlashgan Belorusiya harbiy bilim yurtini tamomlagan. Belorusiya harbiy okrugining 33-o‘qchi diviziyasini 98-o‘qchi polkida xizmat qilgan (Bogov, Mogilev viloyati): pulemyot vzvodining komandiri, havo mudofaasi vzvodi komandiri, yarim rota komandiri, o‘qchi rota komandiri, batalyon katta adyutanti, batalyon komandiri. 1939-yil sentabr oyida Sovet qo‘shinlarining G‘arbiy Belorussiyada ozod qilish harakatlarida qatnashgan. 1939-yil noyabrdan – Mogilev o‘qchi-pulemyot maktabining o‘qchi rotasi komandiri bo‘lgan.
Ikkinchi Jahon urushi frontida 1941-yil iyun oyidan. Kursantlar va bilim yurti o‘qituvchilari bo‘linmasi tarkibida G‘arbiy frontdagi janglarda qatnashgan. 1941-yil sentabrda o‘qishga yuborilgan va 1942-yil yanvarda M.V.Frunze nomidagi Qizil Armiya Harbiy akademiyasini tezlashtirilgan kursini tugatdi.
1942-yil yanvarda O‘rta Osiyo harbiy okrugida (Semipalatinsk) tashkil etilgan 8-o‘qchi diviziyasi 151-o‘qchi polkining shtab boshlig‘i etib tayinlangan. 1942-yil apreldan o‘z polki va diviziyasi bilan Bryansk fronti 3-armiyasini tarkibida bo‘lgan.
1942-yil iyun-iyul oylarida Voronej-Voroshilovgrad mudofaa operatsiyasida qatnashgan. 14-iyul kuni u Orlov viloyatining Livniy shahri yaqinida yaralangan, lekin jangni davom ettirgan. Avgust oyida, janglarning birida, 151-o‘qchi polkining komandiri halok bo‘ladi va mayor Tomilovskiy jang maydonida uni o‘rnini egallaydi va bu lavozimda qoldiriladi. 1943-yil yanvar oyida Voronej-Kastornenskiy hujum operatsiyasida polkni muvaffaqiyatli boshqargan. 28-yanvarda ikkinchi marotaba yaralangan va yana jang maydonida qolgan. Uning qo‘mondonligi ostida polk Kursk dugasining shimoliy qismida mudofaani mustahkam ushlab turgan va 1943-yil 5 dan 8-iyulgacha bo‘lgan mudofaa jangida dushmanning 29 ta tank va 2000 ga yaqin askar va ofitserlari yo‘q qilingan. Qiyin vaziyatda qo‘shni diviziya o‘z pozitsiyasidan chekinganda, Tomilovskiy polki dushmanning yon tomoniga zarba berib, vaziyatni tiklagan. O‘sha janglarda kontuziya oladi va yana kasalxonaga evakuatsiya qilinishidan bosh tortgan.
Darhol Dnepr uchun jang boshlanadi va janglarda polkovnik G.S.Tomilovskiy yana jonbozlik ko‘rsatadi. Chernixiv-Pripyat xujum operatsiyasining birinchi bosqichida, polk tezda g‘arbiy tomonga xujumga o‘tadi. Barchasi bo‘lib, 1943-yil 23-iyuldan 27-sentabrgacha 151-o‘qchi polki yuzlab aholi yashash punktlarini ozod qiladi, shu jumladan Kroma va Korop shaharlarini ozod qilishda jonbozlik ko‘satadi, diviziya birinchilardan bo‘lib Desna (11-sentabr), Dnepr (22-sentabr) va Pripyat (25-sentabr) daryolaridan kechib o‘tadi. Shu vaqt ichida, uning qo‘mondonligi ostida, polk dushmanning 11 ta tanki, 2 ta o‘ziyurar quroli, 100 dan ortiq pulemyotlari, 32 ta minomyoti, 14 ta transport vositasini yo‘q qilgan, 11 ta minomyot batareyasini yakson qilib, 3000 ga yaqin fashistlarni yo‘q qilgan va asir olgan.
Pripyat daryosining chegarasiga yetib borgan polk, bo‘lajak Sovet Ittifoqi Qahramoni D.K.Shishkovning polki bilan birga 151-polk dushman platsdarmini yo‘q qiladi va dushmanning o‘tish joyini egallab oladi. Uning yordami bilan 8-o‘qchi diviziyasining asosiy kuchlari tezda o‘ng qirg‘oqqa o‘tib olgan. Ikki hafta davomida polkovnik Tomilovskiy qo‘mondonligi ostida jangchilar qat’iyat bilan o‘z marrasini himoya qiladi va kuniga bir necha bor, dushman samolyotlarining to‘htovsiz zarbasi ostida, fashistlarning qarshi hujumlarini qaytaradi.
Platsdarm mustahkam ushlab turilgan, ammo vaziyat salbiy tomonga o‘zgarib ketgan. Dushman asosiy zarba yo‘nalishini o‘zgartirib, yon tomonlama hujum qilib,  Pripyat qirg‘og‘iga yorib o‘tgan va u yerdagi bo‘linmalani yakson qilgan.
Hatto, avval ozod etilgan daryoning chap qirg‘og‘iga ham dushman o‘z kuchlarini tushirishga ulguradi. Qo‘shinlarning ahvoli yomonlashib, moddiy ta’minotdan va chap qirg‘oqdagi artilleriya yordamidan uzilib qoladi va to‘liq qurshovda qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 16-oktabrdagi Farmoni bilan “Kiyev shimolida Dnepr daryosini muvaffaqiyatli kechib o‘tib, daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmga mustahkam o‘rnashganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya polkovnigi Georgy Sergeevich Tomilovsky Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1943-yil noyabr oyining oxirida lavozimi ko‘tarilib, 8-o‘qchi diviziyasi komandirining o‘rinbosari bo‘ladi. Jitomir-Berdichev, Rivno-Lyutsk, Proskurov-Chernovtsi hujum operatsiyalarida qatnashgan.
Urushdan keyin Sovet Armiyasidagi xizmatini davom ettirgan. 1959-yil avgustda zaxiraga bo‘shatilgan. Ijevskda yashagan.
1990-yil 1-sentabrda vafot etgan. Udmurt Respublikasi, Ijevsk shahrining Xoxryakovskiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI