SUYUNOV QUDRAT

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.10.1943)

1919-yil 6-fevralda Ingichka qishlog‘ida (hozirgi Samarqand viloyati Narpay tumani) tug‘ilgan.
Maktabning uch sinfini tugatgach, kolxozda ishladi. 1939-yilda Suyunov Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yildan Ikkinchi Jahon urushida janga kirgan.
1943-yil sentabriga qadar 13-Markaziy fronti 74-o‘qchilar diviziyasi 109-o‘qchilar polkining bo‘linmasiga komandirlik qilgan.
U Desna daryosini kechib o‘tish paytida jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 12-sentabrida Suyunovning bo‘linmasi Ukraina SSR, Chernigov viloyati, Koropskiy tumani, Obolone qishlog‘ida, Desna daryosining g‘arbiy sohilidagi platsdarmni kengaytirish uchun janglarda ishtirok etgan. Jangning mushkul paytida Suyunov oldinga harakatlanishga to‘sqinlik qiladigan dushmanning o‘q uzish nuqtasini shaxsan yo‘q qildi, biroq o‘zi ham jangda halok bo‘ldi. U Obolon qishlog‘iga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 16-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Qudrat Suyunov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).
Suyunov sharafiga Oqtosh va Obolon qishloqlariga uning byustlari o‘rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI