STRELSOV VLADIMIR FYODOROVICH

Gvardiya polkovnigi, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (02.23.1945)

1909-yil 24-iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Moskvadagi ishchi fakultetning 4 kursini tamomlagan. 1933-yilda Streltsov Qizil Armiyaga xizmatga chaqirilgan. 1935-yilda Voroshilovgrad harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, 1941-yilda qo‘mondonlik malakasini oshirish kurslarini tamomlagan. O‘sha yilning dekabr oyidan – Ikkinchi Jahon urushida.
1944-yil iyul oyiga qadar gvardiya podpolkovnigi Vladimir Streltsov 75-gvardiya shturm aviapolkining shturmani (1-gvardiya shturm aviadiviziyasi, 1-havo armiyasi, 3-Belorussiya fronti). O‘sha vaqtga kelib, dushmanning harbiy texnika va tirik kuchlariga hujum qilish uchun 202 ta jangovar parvozlar amalga oshiradi va katta talafot yetkazadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 23 fevraldagi qarori bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya podpolkovnik Vladimir Strelsov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Strelsov Sovet armiyasida xizmatini davom ettirgan. 1954-yilda polkovnik unvoni bilan zaxiraga bo‘shatigan. Rostov-Donda yashagan. 1978-yil 19-iyulda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

«KOENIGSBERGNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI