SIMANOV ALEKSANDR MIXAYLOVICH

gvardiya leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)

1918-yil 1-noyabrda Uspenskiy qishlog‘ida (hozirgi Penza viloyati Mokshanskiy tumani) ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Maktabning 7 sinfini tamomlagan.
1940-yilda Qoraqalpoq ASSRning To‘rtko‘l tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yil iyul oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1943-yil 24-sentabrda 60-gvardiya otliqlar polkining pulemyotchilar vzvodi komandiri gvardiya leytenanti Simanov birinchilar qatorida Belorussiyaning Gomel viloyati Bragin tumanidagi Nivki qishlog‘i yaqinida qo‘lbola vositalar yordamida Dnepr daryosidan kechib o‘tib, polk bo‘linmalarining joylashishini ta’minlagan holda, o‘ng qirg‘oqda jangga kirdi. 1943-yil 28-sentabrda Bragin tumanidagi Vyale qishlog‘i ozod qilindi va 60-gvardiya otliq polki Galki qishlog‘i yo‘nalishida hujumlarni davom ettirdi. Biroq, bu ikki aholi punktlari o‘rtasidagi tepalik fashistlar tomonidan egallangan bo‘lib, ular shu tepalikdan muntazam pulemyotdan, Galki qishlog‘dan esa, artilleriya zarbalari bilan o‘qqa tutishar edi. Tepalikni egallamasdan, hujumni davom ettirish befoyda va mantiqsiz edi. Bu yerda katta leytenant P.I. Karsevning 4-eskadron gvardiyasi hujumga o‘tayotgan edi, biroq u tez orada hujum paytida halok bo‘ldi. Gvardiya leytenanti Simanov A.M. eskadronning boshchiligini o‘z zimmasiga oldi va  tepalikni aylanib o‘tib, dushmanga ortdan zarba berishga qaror qildi. Otliq gvardiyachilar tepalikni aylanib o‘tishga kirishdi, dushmanning jangovar tartiblari o‘rtasida kichik bo‘shliqni aniqlab, pulemyotlar bilan maysazor bo‘ylab emaklab harakatlanishdi va tepalikka yaqinlashishdi. O‘z joylarini egallab, dushmanni pulemyotdan o‘qqa tutishdi. Baland tepalik muvaffaqiyatli egallandi va 4-otliq eskadroniga Galki qishlog‘iga harakatlanish uchun yo‘l ochildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya leytenanti Simanov Aleksandr Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin kapitan Simanov A. M. zaxiraga bo‘shatildi. U Penza shahrida yashab, dizel zavodida usta bo‘lib ishlagan.
1977-yil 23-dekabrda vafot etdi. Penzaning shahrining Yangig‘arbiy qabristoniga dafn qilindi.
A.M.Simanovning nomi Boshqirdiston Respublikasi Milliy muzeyida va 112-Boshqird otliq diviziyasi muzeyidagi yodgorlikka 112-Boshqird otliq diviziyasining 78 ta Sovet Ittifoqi Qahramonlarining nomlari bilan birgalikda oltin harflar bilan yozilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"SUVOROV" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI