SHUKUROV AXMEDJAN

 serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)

1909-yil 5-iyunda Farg‘ona viloyati, Shavardiy qishlog‘ida tug‘ilgan. 1931-1933-yillarda va 1942-yilning avgustidan Qizil Armiya safida bo‘lgan. 1942-yil sentabridan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yilning avgustida Orlov viloyatidagi qishloq uchun jangda dushmanning beshta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 27 avgustdagi Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun serjant Axmedjan Shukurov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Vataniga qaytgan. 1990-yil 14-mayda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"FAXRIY YORLIQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI