SHAPOCHKIN MIXAIL FIRSOVICH

yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)

1921-yil 8-noyabrda (xozirgi Oltotoy o‘lkasining Zavyalov tumani) Xaritonovo qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. 9 sinfni tugatgan, O‘zbekistonda yashab, mehnat qilgan.
1943- yil noyabrda Toshkent shahar Kirov tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1943-yil 15-oktyabrda 120-o‘qchilar polkining o‘qchi batalyoni yefreytori Mixail Shapochkin desantchilar guruhi tarkibida Ukrainaning Chernigov viloyati Repkin tumani Radul posyolkasi hududidan Dnepr daryosini kechib o‘tadi va dushman transheyasiga yorib kiradi. Egallangan marradan, desant guruhi nemislarning uchta qarshi hujumini qaytaradi va platsdarmni kengayishiga imkoniyat yaratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” yefreytor Mixail Firsovich Shapochkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Kiyev shahrida yashagan, 1993-yil 20-yanvarda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG‘ VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDA QOZONILGAN G‘ALABA UCHUN" MEDALI