SHAKIROV OSTANAKUL (ASTANKUL)

 oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)

 

1922-yil 1-aprelda O‘zbekistonning Andijon shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qozoq. Oltinchi sinfni tugatgan. Mahalliy korxonada ishlagan.
1941-yilning dekabrda Andijon shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil iyul oyidan frontda jang qilgan.
1944-yil yoziga kelib 26-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 75-gvardiya o‘qchilar polkining razvedka vzvodida jang qilgan. Neman daryosidan o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Shakirov daryoni kechib o‘tishdan avvall, qarama-qarshi sohilda dushman pozitsiyalarini kuzatib ko‘radi va o‘q otish joylari tizimini aniqlaydi. Snayperni topadi va o‘q otib yakson qiladi.
1944-yil 15-iyulga o‘tar kechasi razvedkachilar guruhi tarkibida polkda birinchilardan bo‘lib Alitus shahrining janubidagi Neman daryosidan o‘tadi va jangga kirishadi. Polk bo‘linmalarini daryoni kechib o‘tishiga xalaqit berayotgan dushman pulemyotini yo‘q qiladi. Shu jang uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga taqdim etiladi.
Mukofot haqida u bilmaydi. 1945-yil 11-yanvarda Sharqiy Prussiyada bo‘lgan jangda halok bo‘ladi. Kaliningrad viloyati Kalinino qishlog‘ida birodarlar qabriga dafn qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning  jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askar Ostanakul (Astankul) Shakirov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI