RUDAKOV NIKOLAY YAKOVLEVICH

mayor, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (1943)

1906-yil 23-oktabrda Qo‘qonda tug‘ilgan. Maktabning 4-sinfini bitirgan. 1928-yilda Qizil Armiyaga xizmatga chaqirilgan. 1931-yilda Kiyev qo‘shma qo‘mondonlik kurslarini, 1941-yilda “Vistrel” kurslarini tamomlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan janglarda qatnashgan. 1943-yil sentabrgacha Voronej frontining 40-armiyasi 68-gvardiya o‘qchi diviziyasi 202-chi gvardiya o‘qchi polkiga qo‘mondonlik qilgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 22-23-sentabrga o‘tar kechasi polk Dnepr daryosida Bukrinskiy platsdarmiga kechib o‘tadi. Dushman katta kuch bilan bir necha bor shiddatli qarshi hujumlarni amalga oshiradi, ammo polk ularni barchasini muvaffaqiyatli qaytaradi va dushman qo‘shinlariga katta talafot yetkazadi. Rudakov shaxsan polk old qismida bo‘lib, bo‘linmalarni boshqaradi, yaralansada safda uch kungacha qolib, og‘ir ahvolda jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 23-oktabrdagi Farmoni bilan “Dnepr daryosini kechib o‘tib, o‘ng qirg‘oqda platsdarmni egallab, uni ushlab turishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya mayori Nikolay Rudakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Sovet Armiyasida xizmatini davom ettirgan. 1945-yilda M.V.Frunze nomidagi Harbiy akademiyani, 1947-yilda o‘qituvchilar kursini tamomlagan. 1947-yilda Boku piyoda bilim yurtida kursantlar batalyoniga komandirlik qilgan.
1952-yilda polkovnik unvoni bilan Rudakov zaxiraga bo‘shatilgan. Kalinin shahrida yashab, mehnat qilgan, jamoat ishlari bilan faol shug‘illangan.
1977-yil 29-avgustda vafot etgan, Tverdagi Dmitrov-Cherkasskiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI