Rozov Nikolay Ivanovich
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1944)

Nikolay Rozov 1918 yil 4 dekabrda Viglyadovka qishlog’ida (hozirgi – Penza viloyati Mokshanskiy tumani) tug’ilgan.Yettinchi sinfni tugatgach, Toshkentda yashab, mexnat qilgan. 1937 yilda Rozov Qizil Armiyasafiga xizmatga chaqirilgan. Sovet-Fin urushida qatnashgan. 1941 yil iyuldan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. 1943 yilda Rozov piyoda askarlari maktabini tezlashtirilgan kursini bitirgan.
1944 yil dekabriga qadar 2-Ukraina fronti 46-armiyasi 59-gvardiya o‘qchi diviziyasi 176-chi gvardiya o‘qchi polkida rota komandiri bo‘lgan. Vengriyani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1944 yil 4 dekabrda Rozovning rotasi Erchi shahri yaqinida, Dunayni kechib o’tib, qirg’oqdagi platsdarmni egallaydi, uni saqlab qoladi va ko’plab nemislarning qarshi hujumlarini qaytaradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi Farmoni bilan gvardiya leytenanti Nikolay Rozov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkentda yashab, fabrikada mehnat qilgan. 2000 yil 8-avgustda Moskvada vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI