RIBALKO VASILIY IVANOVICH

leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.09.1944)

 1921-yi l29-avgustda Dibrovka qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Ukraina Cherkasi viloyatining Zolotonoshskiy tumanidagi qishloq). O‘rta maktabni tugatgach, temiryo‘l stantsiyasi qurilishida ishlagan. 1943-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushida, 2-Ukraina frontining 52-armiyasi 294-o‘qchi diviziyasi 861-o‘qchi polkida minomyot hisobi komandiri bo‘lgan. Cherkas va Vinnitsa viloyatlarini ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.

Zvenigorod tumanining Rijanovka qishlog‘idagi janglarda dushmanning o‘t ochish qurollarini razvedka qiladi va minomyot olovini o‘ziga yo‘naltirishni so‘raydi, bu o‘qchi batalyonni hujumga o‘tishiga va dushman mudofaasini yorib kirishga imkon beradi. Bershad tumanining Taranovka qishlog‘I uchun olib borilgan janglarda shaxsan o‘zi 14 ta dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi, shuningdek yaralangan komandirni o‘qlar olovi ostidan olib chiqadi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilg 13-sentyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”,leytenant Ryalko Vasiliy Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Leytenant unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashagan.

2005-yil 20-mayda vafot etgan, Cherkasidagi shahar qabristonining, sharafli xiyoboniga dafn qilingan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI