REMIZOV VASILIY GRIGORIYEVICH 
polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (27.02.1945)

 1917-yil 1-yanvarda Dedyashevka qishlog‘ida (hozirgi Ulyanovsk viloyati Sengileevskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini tugatgach, Toshkentda yashagan va Toshkentning «Dinamo» jamiyatining rahbari bo‘lib ishlagan. 1938-yilda Remizov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
1940-yilda Leningrad piyodalar maktabini tugatgan. 1941-yil iyuldan Ikkinchi jahon urushida jang olib borgan. Ikki marta yaralangan.
1945-yil yanvariga qadar mayor Vasiliy Remizov, 1-Belorussiya fronti 69-armiyasi 77-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 218-gvardiya o‘qchilar polkining, batalyoniga komandirlik qilgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 14-yanvarda Remizov batalyoni, Vistula g‘arbiy sohilidagi platsdarmdan nemislarning uchta himoya chizig‘ini yorib kirishda qatnashadi. Keyingi hujum vaqtida Zvolen va Radom shaharlarini ozod qilish uchun janglarda faol qatnashdi.
Radom uchun bo‘lgan janglarda Remizov uylardan birida o‘rnashib olgan bir guruh dushman askarlarini shaxsan o‘zi yo‘q qiladi. Remizov batalyoni Varta daryosidan uch marta kechib o‘tadi, 1945-yil yanvar oyida ko‘plab harbiy asirlarni va harbiy o‘ljalarni qo‘lga kiritadi, 250 ta axoli yashash punktlarini ozod qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-fevraldagi Farmoni bilan “Qo‘mondonlik topshiriqlarini namunali bajarganligi va nemis bosqinchilari bilan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” polkovnik Vasiliy Remizov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanagan.
2000-yil 3-iyulda vafot etgan va Moskvadagi Gorbrus qabristoniga dafn qilingan. 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI