RAXIMOV ABDUSATTOR
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (10.01.1944)

1920- yil 20-yanvarda Namangan shahrida ishchi oilasida tug’ilgan. О’zbek.
 Ma’lumoti to’liqsiz o’rta. Xizmatga chaqirilgunga qadar moy zavodida ishlagan.
1941-yildan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil 30 sentabrdan 1 oktabrga o’tar kechasi 1144-o‘qchilar polkining orudiya yo‘naltiruvchisi (Voronej frontining 38-armiyasi 340-o‘qchilar diviziyasi) kichik serjant A. Raximov Kievning Vishgorod tumanidagi Borki qishlog’i yaqinida, Dneprni birinchilardan bo’lib kechib o’tadi. Platsdarmni ushlab turish va kengaytirish uchun bo‘lgan janglarda qatnashgan, dushmanning tirik kuchi va texnikasiga katta zarar etkazgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilda 13 sentyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”  kichik serjant Abdusattor Rahimov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan .
1992-yil 2-iyunda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI