PUCHKOV GERMAN IVANOVICH

gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.05.1946)

1923-yil 19-oktabrda Donetsk viloyati Slavyansk shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Ukrain. Ma’lumoti o‘rta. 1940-yilda Andijon viloyati Marxamat tumani harbiy komissarlari tomonidan armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda Uralsk shahriga (hozirgi Qozog‘iston Respublikasi) evakuatsiya qilingan, Voroshilov harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan. 1942-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Shimoli-g‘arbiy, 2-Boltiq, 2 – va 1 – Belorussiya frontlarida jang qilgan. 243- hujum aviatsiya diviziyasining 74-hujum aviatsiya polki tarkibida Il-2 hujum samolyotida jang qilgan. 1-Belorussiya frontida 6-havo armiyasi tarkibida, “Bagration” Belorussiya strategik operatsiyasining qismi bo‘lgan Lublin-Brest hujum operatsiyasida (1944-yilning 18-iyulidan – 2-avgustigacha) qatnashgan. 16-havo armiyasi tarkibida, Berlin strategik hujum operatsiyasida (1945 yilning 16 aprel – 8 may); Sharqiy Pomeran strategik hujum operatsiyasida (1945 yilning 10 fevral – 4 aprel); Visko-Oder strategik operatsiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan Varshava-Poznan hujum operatsiyalarida ishtirok etgan.
Urush so‘ngiga qadar, 102 marotaba jangavor parvozni amalga oshirgan bo‘lib, dushmanning 8 ta tank, 46 ta yuk mashinasi, 2 ta avtobus, 30 ta dala va zenit artilleriya qurollari, 8 ta minomyot, 20 tacha aravalar, 1 ta benzin sisternasi, 20 tagacha temir yo‘l vagonlari, 200 tagacha askar va ofitserlarini yo‘q qilgan. Dushman aerodromida ularning 12 ta samolyotini yakson qilgan, 25 ta havo jangida dushmanning 3 ta samolyoti urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta leytenanti German Ivanovich Puchkov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Brest viloyati (Belorussiya) Pinsk shahrida yashab, mehnat qilgan. 1981-yil 9-iyulda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 30 YILLIGI" MEDALI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI