PAXOMOV PYOTR MIXAYLOVICH

kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

1921-yil 20-martda (hozirgi Rostov viloyati) Millerovo shahrida, ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Maktabning 6-sinfini tugatgan. Parovoz deposida chilangar bo‘lib ishlagan.
1942-yilda O‘zbek SSRning Samarqand shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yildan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yil 15-oktabrda Markaziy frontning 65-armiyasi 69-o ‘qchi diviziyasi 20-alohida razvedka rota vzvod komandirining yordamchisi kichik serjant Pyotr Mixaylovich Paxomov 17 nafar jangchilardan iborat guruhga boshchilik qilgan holda dushman hujumi ostida Ukrainaning Chernigov viloyati Repkinsk tumani Radul qishlog‘i yaqinida Dnepr daryosini birinchilardan bo‘lib kechib o‘tadi. Paxomov boshchiligidagi desantchilar fashistlarning jangovar qo‘riqloviga hujum qiladi, dushmanni xandaqdan siqib chiqaradi va qirg‘oqdagi tepalik tomonga harakatlanadi, natijada 69-o‘qchi diviziyasining desant otryadi daryoni kechib o‘tishiga imkon yaratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Paxomov Pyotr Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yilda kichik leytenantlar kurslarini tamomlagandan so‘ng Paxomov ofitser bo‘ldi.
Millerovo shahrida yashagan. 1993-yil 17-martda vafot etgan va Millerovoda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI