ORTINSKIY NIKOLAY IGNATEVICH

polkovnik,Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.12.1943)

 1914-yil 19-dekabrda tug‘ilgan, butun Jenishkovtsi (hozirgi – Ukrainaning Xmelnitskiy viloyatining Vinkovetskiy tumani). Yoshligidan Moskvada yashagan, maktabning 7-sinfini va zavod-fabrika o‘quvchlik maktabini tugatgan. 1936-yilda Birlashgan O‘rta Osiyo oliy harbiy maktabining artilleriya bo‘limini tamomlagan. 1933-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1943-yil oktabrgacha Voronej frontining 47-armiyasi 7-chi gvardiya qiruvchi-tankka qarshi artilleriya brigadasining 321-gvardiya qiruvchi tankga qarshi artilleriya polkining komandiri bo‘lagan. Janglarda yaralangan.
Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 29-30-sentabriga o‘tar kechasi Ortinskiyning polki Ukraina SSRning Cherkasi viloyati Kanevskiy tumani Reshetki qishlog‘i yaqinida Dnepr daryosini kechib o‘tadi va g‘arbiy sohilida platsdarmni ushlab turish uchun janglarda faol qatnashdi, 7 ta nemislarnig tanklar bilan qarshi uyushtirgan hujumini qaytaradi va 4 ta tankni yakson qiladi. 1943-yilning 2-oktabrida, jangning qaltis vaqtida Ortynskiy o‘z polkining qurolini to‘g‘ridan-to‘g‘ri otish qo‘yib, dushmanni ortga uloqtirib tashlab vaziyatni saqlab qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 24-dekabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, polkovnik Ortinskiy Nikolay Ignatevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1958-yilda Ortinskiy polkovnik unvoni bilan zahiraga bo‘shatilagan. Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentni qayta tiklash ishlarida qatnashish uchun Toshkentga keladi va shu shaharda qoladi. 1982-yil 10-iyunda vafot etgan, Toshkent harbiy qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn qilinadi.

 

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI