NURMONOV PRIMQUL
 starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi Qahramoni(22.02.1944)

1911-yil 20-aprelda Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida (hozirgi – Samarqand viloyati Payariq tumani) tug‘ilgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng, kolxozda ishlagan. 1937-1940-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1941-yil iyun oyida Nurmanov qayta armiyaga chaqirilgan. 1942-yil iyundan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yil oktabr oyida gvardiya serjanti Primqul Nurmanov 3-Ukraina fronti
6-armiyasi 60-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 178-gvardiya o‘qchilar polkida guruh komandiri bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 26-oktabrda Nurmanovning guruhi Ukraina SSRning Zaporijiya viloyati, Zaporijiya tumani, Razumovka qishlog‘i hududidan Dnepr daryosini birinchi bo‘lib kechib o‘tadi va platsdarmni egallab olish va saqlash uchun olib borilgan janglarda faol qatnashadi.
 Jangda Nurmanov shaxsan o‘zi 1ta pulemyotni va 8 dushman askarini yo‘q qiladi. Tuni bilan Nurmanov guruhi nemislarning qarshi hujumlarini qaytarib, asosiy kuchlar daryoni kechib o‘tgunicha platsdarmni ushlab turadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda, qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta serjant Primqul Nurmanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1978-yil 10-dekabrda vafot etgan, Oqqo‘rg‘onda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI