NURMETOV SATIM NURMETOVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi O‘ahramoni(19.04.1945)

 

1925-yil 15-iyunda Xiva shahrida (hozirgi Xorazm viloyati, O‘zbekiston) ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Elektromontyor bo‘lib ishlagan.
1943-yil fevralda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va shu vaqtdan frontda jang qilgan. 3-Belorussiya fronti, 43-armiya, 13-gvardiya o‘qchilar korpusi, 51-gvardiya alohida muhandislik batalyonida guruh komandiri bo‘lgan.
1945-yil 7-aprelda Konigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahri uchun bo‘lib o‘tgan janglarda, shturm guruhi tarkibida, 4 nafar sapyorlar bilan dushman artilleriyasi pozitsiyasini ort tomoniga o‘tib, komandirning signali bilan to‘satdan zarba beradi.
Jangda nemis artilleriyachilari komandirini o‘ldiradi. Guruh 25 nafar fashistlarni asirga oladi, qolganlari vahimada soz holdagi orudiya va ko‘plab snaryadlarni tashlab qochib ketadi. Biroz vaqt o‘tgach, dushman tashlab ketilgan orudiyalarni qaytarib olish uchun qarshi hujumga o‘tadi. Sapyorlar mardonavorlik va qatiylik bilan himoyalanadilar. O‘qlar tugaganida, Nurmetov askarlarga nemislarning qoldirgan orudiyalaridan foydalanishni buyuradi. Qattiq qarshiliklar natijasida fashistlarning barcha qarshi hujumlari qaytariladi va o‘z bo‘linmalari kelguniga qadar pozitsiyani saqlab qoladilar.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun” serjant Nurmetov Satim Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekistonga qaytib kelgan va Urganch shahrida yashagan. 1994-yil 4-avgustda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

«JASORATI UCHUN» MEDALI

1-DARAJALI SHON-SHARAF ORDENI

2-DARAJALI SHON-SHARAF ORDENI

3-DARAJALI SHON-SHARAF ORDENI