NIJURIN FILIPP TROFIMOVICH

katta serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.04.1945)

1913-yilda Efremovka qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi – Qozog‘istonning Aqmola viloyati). Armiyaga chaqirilgunga qadar hisobchi bo‘lib ishlagan. 1941-yil iyun oyida Nijurin Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1945-yil yanvariga qadar 1-Ukraina fronti 52-armiyasi 214-otliq diviziyasi 302-alohida razvedka rotasining otliq vzvodi komandiri bo‘lgan. Sileziyadagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 25-yanvarda Nijurinning vzvodi birinchi bo‘lib Lange qishlog‘i (hozirgi Vroklavdan janubi-sharqda) hududida Oder daryosiga etib borib, kechuv joyini razvedka qiladi va g‘arbiy qirg‘oqqa o‘tib, platsdarmni qo‘lga kiritgan va asosiy kuchlar daryoni kechib o‘tgunicha platsdarmni ushlab turgan.
1945-yil 3-mart Nijurin jangda halok bo‘lgan. Polshaning Zagan shahrida dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan katta serjant Filipp Nizurin o‘limidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI