MYASNIKOV ALEKSANDR SERGEEVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.11.1943)

1925-yilda Vlasovo qishlog‘ida (hozirgi – Ryazan viloyati Yermishinskiy tumani) tug‘ilgan. O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatida yashagan. Maktabning sakkizinchi sinfini tugatgan. 1943-yil yanvarda Myasnikov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushiga 1943-yil iyul oyidan qatnashgan va Voronej fronti 3-gvardiya tank armiyasi 9-mexanizatsiyalashgan korpusi 69-mexanizatsiyalashgan brigadasida guruh komandiri bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 22-sentabrda Myasnikovning bo‘linmasi Ukraina SSR Cherkasi viloyati Kanevskiy tumanining Zarubintsi qishlog‘ida Dneprni birinchilardan bo‘lib kechib o‘tib, g’arbiy sohilidagi platsdarmni egallab olish va ushlab turish uchun janglarda faol qatnashadi.
Zarubintsy uchun jangda uning bo‘linmasi tomonidan, dushmanning 15 nafar askarini va ofitserini yo’q qilgan, Lukovitsy va Grigorovka qishloqlari uchun bo’lgan janglarda yana 50 ga yaqin dushmanni yo‘q qilgan. 1943-yil 29-sentabrda Myasnikov jangda halok bo’lgan. Ukrainaning Kiyev viloyati Mironovskiy tumani Mali Bukrin qishlog’idagi birodarlik qabriga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Dneprni muvaffaqiyatli kechib o‘tishda, daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni qo‘lga kiritishni ta‘minlash va kengaytirishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Aleksandr Myasnikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

“JASORAT UCHUN” MEDALI