MATS GRIGORY ZELMANOVICH

gvardiya katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (17.05.1944)

 1920-yil 2-yanvarda Pereshchepino qishlog‘ida (xozirgi Ukrainanning Dnepropetrovsk viloyati Novomoskovskiy tumani) dindor yaxudiy oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. Poltava shahridagi go‘sht va sut sanoati Termomexanik texnikumini tamomlagan. O‘zbekistonda ishlagan.
1940-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda Rostov artilleriya maktabini bitirgan. 1942-yildan boshlab Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U shimoli-g‘arbiy, janubi-g‘arbiy, shimoliy va 2-Ukraina frontlarida jang qilgan. Kursk, Aktirku, Poltava, Kremenchugni ozod qilishda qatnashgan. Dneprni jang bilan kechib o‘tishda qatnashgan.
1943-yil noyabr oyining oxirida qo‘mondonlik Ukrainaning Cherkasy shahri hududidan nemislarni yorib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida malumot oladi. Tanklarning eng xavfli hujum qilish yo‘nalishlaridan birida, qo‘mondonning buyrug‘iga binoan gvardiya katta leytenant G.Z.Matzning batareyasi pozitsiyani egallaydi. 1943-yil 1-dekabr kuni tushdan keyin nemislar birinchi hujumlarini boshlaydi. Tanklar 200 metrgacha yaqin kelgach, batareya dushmanni zich mo‘ljal bilan o‘qqa tutadi. Dushman yakson etilgan oltita «Tigr» va uchta zirhli transport vositasini jang maydonida qoldirib orqaga chekinadi.
Gitlerchilar ikkinchi hujumga 38ta tank va o‘ndan ortiq zirhli transport vositalarini piyodalar bilan tashlaydi. Kuchlar teng bo‘lmagan jang boshlanadi. Batareyaga yuzlab snoryadlar va o‘qlar yog‘iladi. Ammo artilleriyachilar qatiyat bilan sakkizta tank va zirhli transport vositalarini yakson qiladi.
Biroq, batareyada ko‘p yo‘qotishlar bo‘ladi. Komandir jiddiy jarohat oladi, ammo qolgan to‘p va qurollar bilan dushman tanklarini o‘qqa tutishni davom ettiradi. Aniq nishonga olingan olovdan yana oltita tank yakson qilinadi, uchta zirhli texnikalar o‘q zarbidan yon tomonlarga qulatiladi. Batareya komandiri yana jarohat o‘ladi. Og‘ir jang jangchilar uchun halokatga teng bo‘ladi.
Ammo jasur artilleriya ofitseri tirik qoladi. Yarador bo‘lib, dushman tomonidan asirga olinadi. Qizil Armiya g‘arbga tomon siljib borardi. 1944-yil iyul oyida Lublin va Majdanek ozod qilinadi. Yarim tirik G.Z.Matts nemislar chekinayotib yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lmagan omadlilar qatorida bo‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 17-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo’mondonlik jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya leytenanti Grigoriy Zelmanovich Mats Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1977-yil 11-oktabrda vafot etdi. U Xarkovdagi 2-sonli qabristonga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI