MARGULYAN LEV MARKOVICH

 kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (17.10.1943)

1903-yil 17-martda Staraya Kotelnya (hozirgi Ukraina Jitomir viloyati Andrushevskiy tumani) qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. Qishloq maktabini tamomlagan.
1943-yil yanvarda Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumani harbiy kamissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1943-yilning avgustidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Voronej va Markaziy frontda jang qilgan. Jangovar tajribasini Markaziy frontning 60-armiyasi 280-o‘qchilar diviziyasi 1031-o‘qchilar polkining sopyorlar vzvodida sopyor bo‘lib oshirgan. O‘sha paytda Sovet qo‘shinlari general-leytenant Chernyaxovskiy qo‘mondonligi ostida Gluxovni qaytarib olib, Ukraina yerlariga kirishgan edi. Lev Markovichga kichik serjant unvoni berilgan va sopyorlar guruhi komandiri etib tayinlangan edi.
1943-yil 25-sentabrda dushman olovi ostida L.Margulyan Chernixiv viloyatining Okuninovo qishlog‘i yaqinida askarlar va harbiy texnikalarni qayiqlar va sollarda Dneprni kechib o‘tishni tashkilashtiradi. Ikki marotaba muvaffaqiyatli olib o‘tadi va uchinchisida qaytib kelganida halok bo‘ladi.
Okuninovo qishlog‘idagi brodarlik qabriga dafn qilingan. Hududni Kiyev dengizi toshqinidan avval, askarlarning qoldiqlari Kiev viloyatining Straxolesie qishlog‘iga ko‘chirib o‘tkazilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” “Dneprdagi jangida ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati” uchun kichik serjant Lev Markovich Margulyan (vafotidan so‘ng) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI