LYASHCHENKO NIKOLAY GRIGOREVICH

armiya generali, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.04.1990)

1910-yil 3 (16)-mayda Irkutsk viloyatining Zima stansiyasida tug‘ilgan, hozirgi Irkutsk viloyatidagi shahar. Rus. Temirchining o‘g‘li bo‘lgan. 1917-yil oilasi bilan Qirg‘izistonga ko‘chib kelgan. Prjevalsk (hozirgi Qorakol) shahrida yashagan.
1929-yil oktabr oyida Qizil Armiya safiga qo‘shilgan va Toshkentdagi V.I.Lenin Birlashgan O‘rta Osiyo Harbiy Maktabiga o‘qishga yuborilgan, 1932-yilda tamomlagan.
1932-yildan Sibir harbiy okrugining 73-o‘qchi diviziyasi 217-o‘qchi polkida xizmat qilgan (Omsk).
Ikkinchi Jahon urushidagi janglariga mayor Lyashchenko dastlabki kunlardanoq qatnashgan. 1941-yil avgust-sentabr oylarida Dnepropetrovskni himoya qilishda qatnashgan, uning polki shahardan oxirgi chiqib ketgan va Dnepr ko‘prigini portlatgan, keyin Tiraspol-Melitopol va Donbass mudofaa operatsiyalarida, Barvenkovo-Lozovodagi hujum operatsiyalarida qatnashgan.
Leningrad blokadasini yorib o‘tishda ishtirok etgan. 1942-yil martda yengil yaralangan va 1942-yil iyul oyida kontuziya olgan.
1943-yil 3-martdan – Leningrad frontidagi 73-alohida dengiz o‘qchi brigadasi komandiri. 1943-yil 29-maydan urush oxirigacha Leningrad va 2-Belorussiya frontlarida 2-zarbdor armiya tarkibida 90-o‘qchi diviziyasini boshqargan. 1944-yil yanvarda diviziya Leningrad-Novgorod operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan, operatsiya davomida Oraniyenbaum platsdarmidan zarba berib nemislar mudofaasini yorib o‘tadi, qursov halqasini siqib borib, Ropsha va Gatchina shaharlarini ozod qiladi.
1944-yil iyun oyida Viborg operatsiyasida Uuras shahrini qo‘lga olishda va mustahkamlangan Viborg shahrini shturm qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil sentabrda 90-chi o‘qchi diviziyasi Boltiqbo‘yiga tashlanadi, Estoniya SSRni ozod qilishda yana jonbozlik ko‘rsatadi (Tallin operatsiyasi, uning bo‘linishi nafaqat nemislar mudofaasini yorib o‘tadi, balki keyingi 10 kun ichida deyarli 300 km masofani jang bilan bosib o‘tib, 2 shaharni va 300 ga yaqin aholi yashah punktlari ozod qiladi). Sharqiy Prussiya, Sharqiy Pomeraniya va Berlin operatsiyalarida diviziya Pyarnu, Osterode, Gnev, Starogard, Dansig (Gdansk) va Svineemyunde shaharlarini ozod qiladi. Operatsiyaning so‘ngi jangida 90-diviziya Germaniyaning qirg‘og‘i Ryugen oroliga desant tushrish bo‘lgan.
General-mayor Lyashchenko 1945-yil may oyida Berlindagi operatsiya vaqtida Oderdan Ryugengacha yorib kirganligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga taqdim etlgan (diviziya 250 km masofani bosib o‘tib, 170 ta orudiya, 850 ta pulemyot va 5000 dan oshiq dushman askarlarini asir olgan).
Taqdimnomani 108-otliq korpus komandiri V.S.Polenov tomonidan imzolangan, 2-zarbdor armiya qo‘mondoni I.I. Fedyuninskiy tomonidan maqillangan, ammo Qahramon unvoniga sazovor bo‘lmagan va uning o‘rniga Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
SSSR Prezidentining 1990-yil 4-oktabrdagi Farmoni bilan “1941-1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushida fashist bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, armiya generali Nikolay Grigoryevich Lyashchenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI