LOBANOV IVAN MIXAILOVICH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)

 1918-yil 4-noyabrda Novlenskoye qishlog‘ida (hozirgi Kostroma viloyati Nerextt tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Ota-onasi bilan Ivanovo shahrida yashagan. 4-sinfni tugatgan. To‘qimachilik bo‘yicha ishlagan, Ivanovodagi “Krasnaya Talka” fabrikasida ishlagan. Urushdan oldin O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Toshkent geologiya-qidiruv trestida smena ustasi bo‘lib ishlagan.
1941-yil dekabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil aprelda armiya chaqirilgan va 69-Qizil bayroq o‘qchilar diviziyasiga yuborilgan. O‘qchi sifatida Tula, Smolensk janglarida qatnashgan. 1943-yil yozida Kursk jangida qatnashgan. Ko‘p o‘tmay, o‘sha diviziyaning 20-alohida razvedka rotasiga o‘kazilgan.
Sevskka, Mixaylovskiy, Shostka, Novgorod-Severskiy qishlog‘i va Dnepr tomonga 69-diviziyasi hujumga o‘tganida razvedkachi Ivan Lobanov dushmanning yaqinlashib kelayotgan bo‘linmalari haqida qo‘mondonlikni o‘z vaqtida ogohlantiradi.
Dneper daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan. Serjant Lobanov 1943-yil 12-oktabrda razvedkachilar guruhi bilan Loyev qishlog‘i hududida (Gomel viloyati) Dneprning o‘ng qirg‘og‘iga kechib o‘tadi.
Guruh «til»ni asirga olishadi va qismga yetkazadilar. 15-oktabrda Lobanovning otryadi divizionning desantchilar tarkibida daryoni kechib o‘tadi. Otryad dushmanni ikkita transheyasini siqib chiqaradi, 3 maqta dushman qarshi hujumni qaytarib pozitsiyani ushlab turadi va diviziyaning asosiy kuchlarining kechib o‘tishini taminlaydi. Lobanov shaxsan o‘ndan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi.
Serjant Lobanov janglar bilan urushning so‘nggiga qadar boradi. Ukraina va Polshani ozod qiladi, Vislui daryosini kechib o‘tib Varshavada jang qilgan. G‘alaba kunini Germaniyada qarshilaydi. 1996-yil 19-martda vafot etdi. U Ivanovoda Balino qabristoniga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Lobanov Ivan Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI