LARIONOV SEMYON ARXIPOVICH
katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943).
1915-yil 1-aprelda Cheremshan (hozirgi Tataristonning Cheremshan tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktab va mashinasozlik kurslarini tugatgandan so‘ng traktorchi bo‘lib ishlagan. 1934-yildan boshlab Qozog‘iston SSRning Jambul viloyatida yashab, mehnat qilgan. 1937-1939-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Zahiraga bo‘shatilgach temir yo‘l texnikumida o‘qigan.
1941-yil dekabrda Larionov O‘zbekiston SSR Samarqand harbiy komissaryati tomonidan qayta armiyaga chaqiriladi. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yil oktabr oyida katta serjant Semyon Larionov Markaziy frontning 65-armiyasining 69-o‘qchilar diviziyasi 237-o‘qchilar polkining tankga qarshi batareyasi vzvodiga komandirlik qiladi. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatadi.
1943-yil 16-oktabrda, hujum guruhi tarkibida Larionov Dneprni Ukraina SSR Chernixiv viloyati, Repkinskiy tumani, Radul qishlog‘i yaqinida kechib o‘tib, g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallab oladi va ushlab turish uchun janglarda faol qatnashadi.
1944-yilda Larionov kichik leytenant kurslarini tugatgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta leytenanti Semyon Larionov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1984-yil 29-dekabrda vafot etdi.