LAGUTIN VASILIY NIKOLAYEVICH

Gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (04.24.1944)

1913-yil 28-avgustda Stavropol o‘lkasining Petrovskiy tumanidagi Konstantinovskoye qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 6-sinfni tugatgan. Chechen – Ingush Sovet Sotsialistik Respublikasining Grozniy shahrida temirchi bo‘lib ishlagan. 1935-yildan Qizil Armiyada. O‘zbekiston SSSRning Samarqand harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan. 1939-yilda Xalxin Gol daryosidagi janglarda qatnashgan. Kichik leytenantlar kursini tugatgan.
Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1942-yilda qo‘mondonlik malakasini oshirish kurslarini tugatgan.
1943-yil 11-noyabrda 21-gvardiya tanklar brigadasi (5-chi gvardiya tanklar korpusi, 38-armiya, 1-Ukraina fronti) komandiri 14 ta tankka bosh bo‘lib Salivonki qishlog‘ida (Kiyev viloyatining Vasilkovskiy tumani) dushmanning orqa tomoniga yorib o‘tib 14 ta orudiyani, 45 ga yaqin avtomashinani va ko‘plab fashistlarni yo‘q qiladi. Tank dushman tomonidan urilganda, qurol bilan jang qiladi. Yaralanadi, lekin ekipaj bilan qurshovdan chiqishga muvaffaq bo‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 24-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya kapitani Lagutin Vasiliy Nikolayevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin mayor Lagutin zaxiraga bo‘shatilgan. Samarqand viloyatida yashab, mehnat qilgan. 1981-yilda vafot etgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI