KULICHEV IVAN ANDREYEVICH
gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1944)

1920-yil 29-avgustda Yuqori Baskunchak stansiyasida (hozirgi Astraxan viloyati Axtuba tumanining shahar tipidagi qishlog‘ida) ishchilar oilasida tug‘ilgan.
Bolaligidan Qozog‘stonning Uralsk shahrida yashab, ishchilar fakultetini tugatgandan so‘ng hisobchi bo‘lib ishlagan. 1943-yilda Perm harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan.
1940-yilda Qizil Armiya safiga Toshkent harbiy komissarligi tomonidan xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida 155-gvardiya shturm aviatsiya polkining (2-Ukraina fronti, 5-havo armiyasi, 1-gvardiya shturm aviatsiya korpusi, 9-gvardiya shturm aviatsiya diviziyasi) zveno komandiri  bo‘lgan.
1944-yilning iyun oyi oxiriga kelib 176ta jangovar parvozni amalga oshirgan, 8ta tank, 38ta transport vositasi, 5ta temir yo‘l vagonlarini yo‘q qilgan, 3ta zenit batareyalarini yakson qilgan, dushmanning ikkita samolyotini urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta leytenanti Kulichev Ivan Andreyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1979-yil 28-avgustda vafot etgan. Moskvadagi Kunsevo qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 30 YILLIGI" MEDALI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

«PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​

«JANGOVAR HAMDO‘STLIKNI MUSTAHKAMLAGANLIGI UCHUN» MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 40 YILLIGI" YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 60 YILIGI» YUBILEY MEDALI