KRASNOV ANATOLY ANDREYEVICH
leytenant, Sovet-Fin va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.21.1940)

1906-yil18-iyunda Penza shahrida temiryo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. 1918-yilda Penza boshlang‘ich maktabini, 1925-yilda Ruzayevskiy qishloq xo‘jaligi maktabini va 1928-yilda Chembars tumanining Zavivalovka qishlog‘idagi Penza qishloq xo‘jalik texnikumini tamomlagan.

1939-yilda «Vistrel» o‘qchi-taktik komandirlarining malakasini takomillashtirish kurslarini sirtdan tamomlagan.

Sovet-Fin urushida qatnashgan. Polkda batalyon komandiri bo‘lgan. Janglarda jasurligi bilan jonbozlik ko‘rsatgan, 1939-yil 26-dekabrda jangda kontuziya oladi va 1940-yil 6-martdagi jangda yaralangan.

1940-yil 27-fevralda uning qo‘mondonligi ostida 68-o‘qchi polkining batalyoni (70-o‘qchi diviziyasi, 7-armiya, Shimoliy-g‘arbiy front) dushman olovi ostida Fin bo‘g‘ozi va muz to‘siqlari bo‘ylab bir yarim kilometr masofani bosib o‘tadi, keyin artilleriya yordamida Xannukkalan-Saari orolini dushmandan tozalaydi va Xannukkala qishlog‘ini egallaydi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 21-martdagi Farmoni bilan “Frontda fin oq gvardiyachilarga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Anatoly Andreyevich Krasnov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1941-yil iyun oyidan Ikkinchi jahon urushida. Urushning dastlabki kunlarida, 1941-yil iyun oyida Karelian hududida 23-armiyasi 50-chi o‘qchi korpusi tarkibidagi 70-o‘qchi diviziyasining 68-o‘qchi polka komandiri bo‘lgan. Iyul oyi boshida Shimoliy frontning Luga operatsion guruhiga qo‘shiladi. 9-iyul kuni diviziya Porxov hududiga ko‘chiriladi va Shimoliy-G‘arbiy frontning 11-armiyasiga topshiriladi. Soltsamiy yaqinidagi qarshi hujumda qatnashgan. Avgust oyida diviziya yana Novgorod Armiya tezkor guruhiga va Leningrad frontining 48-armiyasiga o‘tkaziladi, Leningrad mudofaa operatsiyasida Krasnov Luga chizig‘ini himoya qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. Ikki marta yaralanadi.

1942-yil 8-aprelda Leningrad frontining Neva tezkorguruhining 70-o‘qchi diviziyasi komandiri etib tayinlangan. 1942-yil sentabrda diviziya ikkinchi Sinyavinskiy operatsiyasining eng og‘ir janglarida qatnashadi, tutun niqobi ostida Nevskiy Dubrovka hududidagi Neva daryosidan kechib o‘tadi va shu tariqa “Nevskiy Pitachok” platsdarmini qaytadan tiklaydi.

Bu Leningrad qamalini yorib kirishga navbatdagi urinish bo‘lib muvaffaqiyatsiz yakunlanadi, diviziyada katta yo‘qotishlar bo‘ladi, ammo platsdarmdagi janglarda jangchilar katta qahramonlik ko‘rsatdilarki, 1942-yil 16-oktabrda SSSR Mudofaa Xalq Komissarining buyrug‘iga ko‘ra diviziya gvardiyachilar nomini oladi va 45-chi gvardiya o‘qchi diviziyasi nomiga o‘zgartiriladi. Diviziya Leningrad frontidagi birinchi gvardiyachi diviziyasiga aylanadi. 1942-yil 27-noyabrda polkovnik Krasnovga “general-mayor” unvoni beriladi.

1944-yil 5-maydan g‘alabagacha 172-o‘qchi diviziyaning komandiri (102-o‘qchi korpusi, 13-armiya, 1-Ukraina fronti) va korpus komandirining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Lvov-Sandomir hujumida, Sandomir platsdarmidagi janglarda, Vislo-Oder, Nijne-Silez, Berlin va Praga hujum operatsiyalarida qatnashgan. Peremyshl, Keltse, Drebkau, Dame shaharlarini ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatadi. Uning qo‘mondonligi ostida a’lo harakatlari uchun diviziya 2-darajali Suvorov ordeni bilan taqdirlangan.

1961-yil may oyida Turkiston harbiy okrugi qo‘mondonining fuqarolik mudofaasi bo‘yicha yordamchisi – fuqaro mudofaasi bo‘limi boshlig‘I etib tayinlangan. 1964-yil oktabrdan SSSR Fuqarolik mudofaasi tizimida xizmatni davom ettirgan.

1967-yil 19-avgustda vafot etgan.Toshkentda dafn etilgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

«LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN» MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 20 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 30 YILIGI» YUBILEY MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 40 YILIGI» YUBILEY MEDALI