KRASHENINNIKOV IVAN FEDOTOVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiSovet Ittifoqi Qahramoni (03.06.1944)

 1909-yilning 22-yanvarida Pashkino (hozirgi Orenburg viloyatining shimoliy tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabini va mexanizatsiyalash bilim yurtini tugatgandan so‘ng, avval Toshkentda tokar, so‘ngra chilangar bo‘lib ishlagan.
1942-yildan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi Jahon urushida Voronej fronti 47-armiyasi 218-o‘qchilar diviziyasi 667-o‘qchilar polki
1-o‘qchilar batalyonining o‘qchisi bo‘lgan. Janglarda uch marta yaralangan.
Dneprdagi jangda jombozlik ko‘rsatgan. 1943-yilning 24-sentabrida Ukraina SSRning Cherkas viloyati Kanev shahri yaqinidagi Dneprni kechib o‘tishda bo‘linmalar va polk qo‘mondonligi o‘rtasida uzluksiz aloqani ta’minlab bergan.
25-sentyabrda polk shtabidan jangovar buyruqnoma bilan rotaga yuboriladi. Yo‘lda uni uchta nemis askari asirga oladi, ammo buyruqnomani og‘ziga yashirishga muvaffaq bo‘ladi. Dushmanlardan birining avtomatini tortib olib, uchchalasini o‘ldiradi va buyruqnomani rotaga muvaffaqiyatli etkazadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 3-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Ivan Fedotovich Krasheninnikov
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Orenburg viloyatining Novoshergievskiy tumanidagi Platovka qishlog‘ida yashagan. 1976-yilning 8-martida vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI