KIRPICHENKO IVAN PLATONOVICH
polkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.09.1944)
1925-yil15-sentabrda Voskresenovka qishlog‘ida (hozirgi Qozog‘istonning Kostanay viloyati) tug‘ilgan. Maktabni 7-sinfini tugatgan. 1943-yildan Qizil Armiyada. Shu yildan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
1944-yilning yanvariga qadar 2-Ukraina fronti 2-chi tank armiyasi 16-chi tank korpusi164-chi tank brigadasi avtomatchilar guruhiga komandirlik qilgan. Ukraina SSRning Vinnitsiya va Cherkasy viloyatlarini ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil28-31-yanvar kunlari Vinnytsiya viloyati Oratov qishlog‘i yaqinidagi janglarda Kirpichenko guruhi bir necha dushman askarlarini yo‘q qilib, qo‘lga olingan marrani muvaffaqiyatli ushlab turadi. 1944-yil 6-martda guruh nemis qo‘shinlarining harbiy qo‘riqlovini yo‘q qiladi va birinchi bo‘lib Cherkask viloyati, Mankovskiy tumani, Buki qishlog‘i yaqinida Gorniy Tikich daryosini kechib o‘tadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-sentabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, polkovnik Kirpichenko Ivan PlatonovichSovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1956-yilda Kirpichenko Samarqand davlat universitetining yuridik fakultrtini tamomlagan. Samarqandda yashab, nafaqaga chiqgunga qadar Samarqand viloyat Ijroiya qo‘mitasi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.