ISIPIN ALEXANDER IVANOVICH
 kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.07.1944).

1911-yil 24-oktabrda Bokuda tug‘ilgan. Saratov viloyati Balashov shahrida yashagan, yetti yillik maktabni tamomlagan, 9-yog’ zavodida ishlagan. 1931-1933- yillarda Qizil Armiyasida xizmat qilgan.
Urushgacha Andijon viloyatida yashagan va mehnat qilgan. 1941-yilda Baliqchi tumani harbiy komissaryati tomonidan Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan.
1942-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushiga qatnashgan. G‘arbiy, Kalinin, 1-Boltiq va 3-Belorusiya frontlaridagi janglarda qatnashgan. Belorusiya, Latviya, Litva SSR va Smolensk viloyatini ozod qilishda qatnashgan, Sharqiy Prussiyadagi janglarda uch marta yaralangan. 1944-yil iyuniga qadar starshina Aleksandr Isipin 43-armiyaning 334-o‘qchilar diviziyasi 1124-o‘qchilar polkining vzvod komandiri yordamchisi bo‘lgan. Belorusiya SSRni ozod qilishda jonbozlik ko‘qsatgan.
1944-yil 23-iyunda armiyaning hujumi paytida Isipin boshchiligidagi guruh dushmanni ikki qatorli transheyasini yo‘q qiladi, nemislarning qarshi hujumlarini qaytarib, katta kuchlarni o’zlariga jalb qiladi. G‘arbiy Dvinani kechib o‘tishda, Isipin birinchilardan bo‘lib Gnezdilovichi qishlog’i yaqinida g‘arbiy qirg‘oqqa kechib o‘tadi va kechib o‘tishida pulemyot olovi bilan o‘zining rotasini dushmandan pana qilib turadi. 6-iyul kuni Molodechno viloyati, Vidzy qishlog‘i yaqinida, Isipin boshchiligidagi guruh yashirin ravishda dushman orqaga tomoniga, ustun balandlikda tayanch punktiga o‘tib, pulemyot hisobini va 10ga yaqin o‘qchilarni yo ‘q qiladi. Uning harakatlari natijasida batalyon balandlikni muvaffaqiyatli egallaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 22-iyuldagi Farmoni bilan “Frontida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Aleksandr Isipin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
1975-yil 23-fevralda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

«KOENIGSBERGNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI