ILYOSOV NAGI

yefreytor, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. (03.24.1945)

1920-yil 6-noyabrda Qozog‘iston SSR Qizilo‘rda viloyati “Qizil kommuna” kolxozining ovulida tug‘ilgan. Qozoq.
1939-yilda Toshkent pedagogika bilim yurtini tamomlab, Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanida boshlang‘ich o‘rta maktab o‘qituvchisi bo‘lib ish boshlagan (1939-1940). Kzylorda viloyati Terenozekskiy tumanidagi o‘zinng qishlog‘ida joylashgan E.Telman nomli to‘liqsiz o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil sentabrda Astraxan yaqinidagi Xalxut qishlog‘i yaqinida birinchi bor janga kiradi. 2-Ukraina fronti, 46-armiya, 99-otliq diviziyasi, 473-artilleriya polki, 2-divizionida razvedka guruhi komandiri bo‘lgan.
1944-yil 5-dekabrga o‘tar kechasi birinchilardan bo‘lib Dunay daryosining o‘ng sohiliga (Budapeshtning janubi-g‘arbiy qismida) kechib o‘tib, shturm guruhi tarkibida Mayoshxaz qishlog‘ini (Vengriyaning Erchi sharqida) egallashdagi janglarda va dushmanlarning qarshi hujumini qaytarishda qatnashgan. Yarador bo‘lishiga qaramay, jangni davom ettirgan. RAzvedkachilar Budapeshtga olib boradigan yo‘lni kesib qo‘yib, dushman kolonnasini yakson qilgan va 9 ta mashinani yoq qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, yefreytor Nagi Ilyasovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yilda zaxiraga bo‘shatilgan. Olma-Otada yashagan va SSSR Melioratsiya va Suv xo‘jaligi vazirligining “Glavrissovxo‘jalik” qurilishida ishlagan. 1981-yildan nafaqada bo‘lgan.
1987-yil 6-mayda Olmaotada vafot etgan. Qizil-O‘rda shahar qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI