GOLUBENKO ALEKSEY ALEKSANDROVICH
katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)

1923-yil 11-fevralda Toshkentda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 10 sinfni tugatgan.
1941-yil iyulda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Shu yilning avgustidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yilda kichik leytenantlar kursini tugatdi.
1945-yilning aprelida gvardiya katta leytenanti Aleksey Golubenko 1-Belorussiya fronti, 2-gvardiya tank armiyasi, 1-mexanizatsiyalashtirilgan korpus, 35-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasi rotasiga komandirlik qilgan. Berlinni qurshov qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Golubenkoning rotasi Berlin shahri ostonisidagi Veysenzeyega birinchilardan bo‘lib yorib kiradi va dushmanning kuchli qarshiligiga qaramay oldinga harakat qiladi. Jangda rota dushmanning faustpatron bilan qurollangan tankka qarshi piyoda bo‘linmasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ladi va tank bo‘linmalariga yo‘lni ochib beradi. Tanklar yordamida rota Berlin shaxriga kirib, ko‘cha janglariga kirishadi.
Jangda jarohat olishiga qaramay jangni davom ettiradi va rotasini boshqaradi, faqat ikkinchi bor og‘ir jarohat olgandan keyingina bo‘linmasini qoldirishga majbur bo‘ladi. Berlindagi janglar davomida Golubenko rotasi 6 ta artilleriya orudiyasini, 4 zenit orudiyasini, 18 ta pulemyotini, shuningdek 250 nafar dushman askar va ofitserlarini yakson qiladi va 83 tasini asirga oladi, bundan tashqari ko‘plab jangovar texnikalarni qo‘lga kiritadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Aleksey Golubenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2001-yil 28-martda vafot etgan va Toshkentdagi harbiylar qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"HURMAT BELGISI" ORDENI