DYOMIN NIKITA STEPANOVICH

general-leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.24.1945)

1910-yil 31-oktabrda Moskva viloyati Orexovo-Zuyevskiy tumani Molokovo qishlog‘ida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Rus. Voskresenskiy tumanidagi Syurupa to‘quv fabrikasida, avval talaba, keyin chilangar bo‘lib ishlagan. 1931-yilda Noginsk rabfakining 3 kursini tugatgan. Moskva viloyati Noginsk tuman komitetining kotibi bo‘lib ishlagan. Keyin Moskva viloyat partiya qo‘mitasining qarori bilan Elektrostal zavodining komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan.
1932-yilda Qizil Armiya saflariga chaqirilgan. Kurslarni tugatgandan so‘ng Stalingrad uchuvchilar maktabining komsomollar bo‘yicha siyosiy bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi bo‘lib ishlagan. 1938-yilda V.I.Lenin nomidagi Harbiy siyosiy akademiyani (aviatsiya bo‘limi) tamomlagan. 1939-yilda Alohida Uzoq Sharq Qizil Bayroqdor armiyasi siyosiy bo‘limining targ‘ibot va tashviqot bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.
1941-yil dekabrdan Ikkinchi Jahon urushida. 2-gvardiya havo-desant diviziyasi tuzilgan 7-aviatsiya korpusining komissari bo‘lgan (komandiri general-mayor P.Lyapin, N.S.Demin – siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan). 1943-yilda Dyomin general-leytenant A.Bondarev boshchiligidagi 17-gvardiya o‘qchi korpusining siyosiy bo‘limi boshlig‘i etib tayinlanadi. Ular Pragadagi janglarda feldmarshal F.Shorner qo‘shinini yakson qilib, ozini asir olib, G‘alaba kuniga qadar birga jang qilib urushni 1945-yil 12-mayda tugatadi.
Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin N. S. Dyomin armiya siyosiy bo‘limining boshlig‘i bo‘lgan. 1957-yil sentabrdan – Harbiy kengash a’zosi – Boltiq harbiy okrugi siyosiy boshqarmasi boshlig‘i. 1960-yil iyun oyidan boshlab Harbiy kengash a’zosi – Turkiston harbiy okrugining siyosiy boshqarma boshlig‘i. 1966-yil apreldan – Harbiy-havo kuchlariga va harbiy-dengiz kuchlariga ko‘maklashish ko‘ngilli jamiyati markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1965-yil 7-maydagi Farmoni bilan “Qo‘mondonlik jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, nemis-fashist bosqinchilarga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi, jangovar sharoitda partiyaviy va siyosiy ishlarni mohirona boshqarganligi hamda Ikkinchi Jahon urushidagi Sovet xalqining G‘alabasining 20 yilligi munosabati bilan” Demin Nikita Stepanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan tardirlangan.
1989-yil 27-mayda vafot etgan. Moskvada Kunsevskiy qabristonida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI