BILYUTIN KONDRATIY VASILYEVICH
gvardiya polkovnigi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.06.1943)
1899-yil 21-sentabrda hozirgi Tver viloyati Belskiy tumanidagi Milovidovo qishlog‘ida, ko‘p farzandi (11 nafar) kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. To‘liqsiz o‘rta maktabni tugatgan.1923-yil aprelda Turkiston frontiga yuborildi.
1926-yilda 6-Turkiston o‘qchilar polkidagi sovet partiya maktabini tugatdi.1928-yil sentabrdan Shimoliy-Kavkaz harbiy okrugida xizmat qildi.1931-yil yanvardan harbiy komissarlar tizimida xizmat qildi.
1941-yil apreldan – O‘zbekiston SSR Andijon viloyat harbiy komissarligining 3-qism boshlig‘i.
Ikkinchi jahon urushi boshida O‘rta Osiyo harbiy okrugida harbiy bilim yurtlarining o‘qituvchilari va kursantlari tarkibidan 35-alohida kadetli o‘qchilar brigadasini shakllantirish boshlandi, 1941-yil oktabr oyida mayor Bilyutin u yerda batalon komandiri etib tayinlandi.1942-yil fevraldan boshlab, u O‘rta Osiyo harbiy okrugida (Semipalatinsk) tashkil etilgan 407-o‘qchilar diviziyasi 1366-o‘qchilar polkiga boshchilik qildi.1942-yil may oyidan mayor K.V.Bilyutin Moskva harbiy okrugida tashkil etilgan 25-qizil bayroq gvardiya o‘qchilar diviziyasi 78-gvardiya o‘qchilar polkiga boshchilik qildi.1943-yil 19-fevral kuni 25-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 3-tank armiyasi ixtiyoriga topshirildi, fevral oxirida u Taranovka – Zmievning mudofaa chizig‘ini egalladi. 78-gvardiya o‘qchilar polki nemislarning hujumlarini 5 kun davomida qaytarib turib, 30 ga yaqin dushman tankini yo‘q qildi. Aynan o‘sha vaqtda gvardiya leytenanti Pyotr Shironin jangchilari misli ko‘rilmagan jasorat ko‘rsatishdi, ular 16 ta tank va zirhli mashinalar hamda 100 ga yaqin dushman askarlarini yo‘q qilgan holda, Taranovkani ushlab qoldilar. Shironinning 16 jangchisidan 6 nafari tirik qoldi, ularning barchasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lishdi.
Polkning boshqa bo‘linmalari ham mardonavor jang qildilar. Polk komandiri barcha bo‘ysinuvchilariga jasorat namunasi ko‘rsatdi. Ushbu janglarning shiddati va og‘ir kechganligini 1943-yil fevral oyidagi K.V.Bilyutinning rasman bedarak yo‘qolgan deb tan olinganligi ham dalolat beradi. Ushbu janglardagi harakatlari uchun K.V.Bilyutin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga nomzod qilib berildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 19-iyundagi Farmoni bilan “Polkni mohirlik bilan boshqarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya polkovnigi Kondratiy Vasilyevich Bilyutin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1943-yil dekabr oyida K.V.Bilyutin o‘qishga yuborildi.
1944-yil may oyida u K.E.Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyaning tezlashtirilgan kursini tugatdi va Chernivisk viloyati harbiy komissari etib tayinlandi. Uning keyingi xizmati to‘liq ushbu lavozimda o‘tdi.