BALMAGAMBETOV MAXASH
gvardiya serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944) 

1914-yilda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi Oxunboboyev nomli kolxozning 6-sonli qishlog‘ida chorvador oilasida tug‘ilgan. Qozoq.
U 1943-yilda Qoraqalpoq ASSR Qorao‘zak tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1943-yil martdan Ikkinchi jahon urushi janglarida.
1943-yil 25-sentabrda gvardiya serjanti Maxash Balmagambetov boshchiligida alohida o‘quv bataloni (7-armiya, 73-gvardiya o‘qchilar diviziyasi) 2-rota bo‘linmasi Dnepropetrovsk viloyati Verxnedneprovskiy tumani Borodayevka qishlog‘ida Dnepr daryosidan birinchilardan bo‘lib o‘tdi va darhol nemis jangchilari bilan jangga kirishdi.
Serjant Balmagambetovga topshirilgan bo‘linma kun davomida dushmanning uchta qarshi hujumini qaytarib, o‘qchilar rotasining boshqa bo‘linmalari daryoni kechib o‘tishini ta‘minladi. Kechki hujum paytida jangchilar Borodayevka qishlog‘ining chekkasiga bostirib kirishgan va yordam kuchlari kelguncha o‘z saflarini ushlab turishgan.
1943-yil 28-sentyabrga o‘tar kechasi serjant Balmagambetov dushman kuchlari joylashgan uyni yo‘q qildi va shu bilan, u batalonning harakatlanishiga va qishloqni ozod qilinishiga hissa qo‘shdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Balmagambetov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yilda katta serjant Maxash Balmagambetov safdan chiqarildi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukus shahrida yashab, mehnat qilgan. 1977-yil 29-sentyabrda vafot etdi. 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI