AYRIYEV ARMEN TEVANOVICH

 mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni(13.04.1944)

 1910-yilning 20-sentabrida Gadrut tumanining Tug qishlog‘ida (hozirgi Ozarbayjonning Xojavand viloyati) arman dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Umrining katta qismini O‘zbekistonda o‘tkazgan bo‘lib, Samarqanddagi ishchilar fakultetining 2-bosqich yakunida «Dehqon» zavodida chilangar bo‘lib ishlagan.
1931-yildan boshlab Qizil Armiya safida. Armiya safida kichik aviatsiya mutaxassislari maktabini, hamda Engel’s harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangan dastlabki kunlardan boshlab u frontda bo‘lgan hamda 503-aviatsiya hujum polkining (Janubiy front 8-aviatsiya armiyasi 7-aviatsiya korpusi, 206-hujum aviatsiya diviziyasi) eskadrilya komandiri lavozimini egallagan. 1943-yilning oktabrida kapitan Ayriyev dushmanning aerodromlari, kechuv joylari, tirik kuchlari va texnikalari to‘plangan joylarga hujum qilish uchun 105 marta jangovar parvozni amalga oshirdi. Jumladan, uning bo‘ysunuvidagi eskadrilya 324 ta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirdi, buning natijasida dushmanga jiddiy talofat yetkazildi. Dushmanning Taganrog guruhlarini yakson qilish va Donbassni ozod etish davomida eskadrilya komandiri jonbozlik ko‘rsatdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-apreldagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun”, mayor Ayriyev Armen Tevanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin A.T.Ayriyev SSSR harbiy-havo kuchlarida xizmatini davom ettirdi. 1947-yilda u harbiy havo kuchlari ofitserlarining malaka oshirish kurslarini tugatdi. 1951-yildan mayor A. Ayriyev – zaxirada. Toshkentda yashagan, Toshkent shahar ijro qo‘mitasida faoliyat yuritgan.
1966-yil 13-fevralda O‘zbekiston SSR poytaxti – Toshkent shahrida vafot etdi. Toshkent shahrida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"ALEKSANDR NEDSKIY" ORDENI

"JANGOVAR HIZMATLARI UCHNU" MEDALI

"MOSKVA MUDOFAASI" MEDALI

"STALINGRAD MUDOFAASI" MEDALI

"1941-1945 yillar Ulug ' Vatan urushida Germaniya ustidan qozongan g'alabasi uchun" MEDALI